w w w . s a m a r k a n d . u z

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi QARORI

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi QARORI

.

Xalq deputatlari Samarqand

viloyat Kengashining oltinchi

chaqiriq o‘n ikkinchi sessiyasini

chaqirish to‘g‘risida

 

       “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan

QAROR  QILAMAN:

  1. Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq o‘n ikkinchi sessiyasi 2020 yil 21 avgust kuni soat 9:00 da chaqirilsin.
  2. Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:

viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i D.Jumaniyazovning karantin tartiblari bosqichma-bosqich yumshatib borilishi munosabati bilan fuqarolar sanitariya talablariga qatiy rioya etishlari zarurligi, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi yuzasidan viloyat ahliga murojaati to‘g‘risida;

viloyat prokurori F.Zufarovning xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda 2020 yil 6 oyi davomida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati to‘g‘risida;

viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyevning yarim yillik yakunlari bo‘yicha norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida;

xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyasining 2020 yil 19 iyundagi (14-D-son) Kengash so‘rovi yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurovning axboroti to‘g‘risida;

viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.Urakovning kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;

tashkiliy masala;

boshqa masalalar.

  1. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsin.

 

 

Viloyat  hokimi                                                        E.Turdimov

   Malumotni yuklab olish (PDF 1.67 MB)


Oxirgi o‘zgarish: 01/03/2021 10:53.   Ko‘rilganligi: 2272
 
Material manzili: https://samarkand.uz/local_council/council_documents/xalq-deputatlari-samarqand-viloyati-kengashi-qarori1

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.