.
O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensasiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatiga tashriflari davomida o‘tkazilgan majlis bayonlari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 415-sonli qarori, Samarqand shahar hokimligining 2023-yil 9-fevraldagi 03-01/16, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligining 2023-yil 31-yanvardagi 01-01/27-sonli xatlariga asosan turar joy mulkdorlaridan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish yuzasidan tayyorlangan taqdimot materiallarini ko‘rib chiqib, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq, sakson birinchi sessiyasi
QAROR QILADI:
O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari olib qo‘yilishi va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga qat’iy rioya etish;
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi rejalashtirilgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektlari mulkdori bilan notarial tartibda Kelishuv bitimi imzolanishi hamda o‘rnatilgan tartibda kelishilgan holda kompensasiya berilishi va yer maydonlaridan belgilangan maqsadda foydalanishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.
Kengash raisi E.Turdimov
Samarqand shahri, 2023-yil 17-fevral VI-81-15-7-0-K/23
Qarorni yuklab olish (PDF 272 KB)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 4
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.