w w w . s a m a r k a n d . u z

Issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan Samarqand shahri va Nurobod tumanidagi aholiga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida

Issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan Samarqand shahri va Nurobod tumanidagi aholiga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida

.

“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 475-son qaroriga asosan issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar samaradorligini yanada oshirish hamda korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida

Q A R O R   Q I L A M A N :

  1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2024-yil 1-iyuldagi VI-100-58-7-0-K/24-sonli qarori bilan issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan Samarqand shahri va Nurobod tumanidagi aholiga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdori ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Samarqand shahri va Nurobod tumanida issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi (B.Negmatov), “Issiqlik manbai” DUK (N.Gazibekov), Samarqand shahar hokimligi (F.Umarov), Nurobod tumani hokimligi (S.Berdiqulov):

tuziladigan shartnomalarga muvofiq xizmatlar ko‘rsatilishini, shuningdek, iste’molchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash;

issiqlik ta’minoti tizimi obyektlarining holati, foydalanilishi va ularni ta’mirlanishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatilishini;

ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etilishini ta’minlasinlar.

  1. Viloyat hokimligi axborot xizmati – matbuot kotibi (M.Mirzayev), “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi (N.Norbekov) ushbu qarorni Lex.uz O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilinishini va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
  2. Viloyat televideniesi (M.Ixtiyorov), “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalari birlashgan tahririyati (F.Toshev)ga ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
  3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov zimmasiga yuklatilsin.
  4. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.

Samarqand  shahri, 2024-yil 25-sentabr 274-7-0-Q/24

Qarorni yuklab olish (PDF 90 KB)


Kiritilgan vaqti: 26/09/2024 19:25.   Ko‘rilganligi: 64
 
Material manzili: https://samarkand.uz/issiqlik-bilan-taminlovchi-korxonalar-tomonidan-samarqand-shahri-va-nurobod-tumanidagi-aholiga-korsatiladigan-issiqlik-taminoti-xizmatlari-uchun-tartibga-solinadigan-narxlar-tariflar-miqdorini-tasdiqlash-togrisida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.