w w w . s a m a r k a n d . u z

Hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida

Hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida

.

O‘zbekiston Respublikasi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4845-son, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 95-son qarorlariga asosan hududlardan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini takomillashtirish, hududlarning ekologik va sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida,

Q A R O R   Q I L A M A N :

1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2023-yil 22-sentabrdagi VI-90-88-7-0-K/23-son qarori bilan Samarqand viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdori ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Samarqand viloyati hududlarida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflarining miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi (X.Oqbutayev), viloyat “Toza hudud” DUK (Sh.Xolmuminov), “Maroqand obod” DUK (R.Tulkinov), sanitar jihatidan xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda:

bir oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatini ro‘yxat bo‘yicha abonentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etilishini;

aholi punktlari hududidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmati bo‘yicha marshrutlar jadvallarini qayta ko‘rib chiqib o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishini va ushbu jadvallar asosida chiqindilar tashilishini amalga oshirilishini ta’minlasinlar.

4. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev), viloyat G‘aznachilik boshqarmasi (O.Xamdamov) bilan birgalikda:

byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning xarajatlar smetasida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni tashib chiqarish xarajatlari bo‘yicha belgilangan normativlar asosida zarur mablag‘lar rejalashtirilishini;

viloyat “Toza hudud” davlat unitar korxonasi, “Maroqand obod” davlat unitar korxonasi va sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlari bilan byudjet tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan tegishli shartnoma shartlariga ko‘ra mablag‘larni o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasinlar.

5. Viloyat televideniyesi (M.Ixtiyorov), “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalari birlashgan tahririyati (F.Toshev), viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi (X.Oqbutayev), viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (S.Zayniyev), viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi (M.Nasretdinova)ga, shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda aholining keng qatlamlari orasida fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etish tavsiya etilsin.

6. Viloyat hokimining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lov, shuningdek, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov tariflarini belgilash to‘g‘risida”gi 165-7-0-Q/21-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

7. Viloyat hokimligi axborot xizmati – matbuot kotibi (M.Mirzayev), “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi (N.Norbekov) ushbu qarorni Lex.uz O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilinishini va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.

8. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov zimmasiga yuklatilsin.

9. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Viloyat hokimi                                                                       E.Turdimov

Samarqand  shahri, 2023-yil 13-noyabr 319-7-0-Q/23

Qarorni yuklab olish (PDF 244 KB)


Kiritilgan vaqti: 16/11/2023 12:02.   Ko‘rilganligi: 702
 
Material manzili: https://samarkand.uz/hududlarda-maishiy-chiqindilarni-toplash-va-olib-chiqib-ketish-boyicha-xizmat-korsatish-uchun-majburiy-tolov-tariflari-miqdorini-tasdiqlash-togrisida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.