w w w . s a m a r k a n d . u z

Hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorini ma’qullash to‘g‘risida

Hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorini ma’qullash to‘g‘risida

.

O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4845-son va 2023-yil 15-avgustdagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-278-son qarorlari, 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-5-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 22/1-1937-sonli topshirig‘i, viloyat hokimi o‘rinbosari (A.Shukurov)ning 2025-yil 26-martdagi (170/01-30-sonli) bildirgisi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 25-martdagi (01-01/22-183-sonli) xati, Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi Samarqand viloyati hududiy filialining 2024-yil 9-oktabrdagi (01-3/702-sonli) murojaati, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil 24-oktabrdagi (01/05-38/2763-sonli) xulosasiga asoslanib, viloyatning shahar va tumanlari hududidagi maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini takomillashtirish, hududlarning ekologik va sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, o‘n uchinchi sessiyasi

QAROR QILADI :

  1. Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdori ilovaga asosan tasdiqlansin.
  2. Viloyat hokimining o‘rinbosari (A.Shukurov) shahar va tumanlarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida viloyat hokimining qaror loyihasini belgilangan tartibda ishlab chiqsin.
  3. Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi (B.Payshanov), viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (S.Zayniyev), viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi (L.Rustamov) shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda aholining keng qatlamlari orasida fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
  4. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024-yil 29-apreldagi “Hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorini ma’qullash to‘g‘risida”gi VI-98-34-7-0-K/24-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  5. Viloyat televideniesi v.v.b (D.Ismatov), “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalari birlashgan tahririyati (F.Toshev)ga qaror ijrosi bo‘yicha hududlarda amalga oshirilgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
  6. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
  7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (M.Po‘latov)hamda viloyat hokimi o‘rinbosari (A.Shukurov) zimmalariga yuklansin.

 

Kengash raisi                                                      Sh.Negmatov

Samarqand  shahri, 2025-yil 3-iyun VII-13-75-7-0-K/25

Qarorni yuklab olish (PDF 612 KB)


Oxirgi o‘zgarish: 12/09/2025 15:54.   Ko‘rilganligi: 6
 
Material manzili: https://samarkand.uz/hududlarda-maishiy-chiqindilarni-toplash-va-olib-chiqib-ketish-boyicha-xizmat-korsatish-uchun-majburiy-tolov-tariflari-miqdorini-maqullash-togrisida365

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing