w w w . s a m a r k a n d . u z

Issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan Samarqand shahri va Nurobod tumanidagi yuridik tashkilotlarga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdorini ma’qullash to‘g‘risida

Issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan Samarqand shahri va Nurobod tumanidagi yuridik tashkilotlarga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdorini ma’qullash to‘g‘risida

.

“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 475-son qarori,  Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-yanvardagi (03/1-3480-sonli) topshirig‘i, viloyat hokimi o‘rinbosari (A.Shukurov)ning 2024-yil 23-yanvardagi (44/01-30-sonli) bildirgisi, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi “Issiqlik manbayi” DUKning 2024-yil 16-yanvardagi (20-sonli) murojaati, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil 20-yanvardagi (01/05-38/40-sonli) va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasining 2024-yil 23-yanvardagi (H-08-283-01/04-sonli) xulosalariga asoslanib, Samarqand shahri va Nurobod tumani hududidagi issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar samaradorligini oshirish hamda korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, to‘qson  oltinchi sessiyasi

QAROR   QILADI:

  1. Samarqand shahri va Nurobod tumanida issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan yuridik tashkilotlarga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdori ilovaga muvofiq ma’qullansin.
  2. Viloyat hokimining o‘rinbosari (A.Shukurov) Samarqand shahri va Nurobod tumanida issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan yuridik tashkilotlarga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida viloyat hokimining qaror loyihasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqsin.
  3. Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi (L.Xamidov), “Issiqlik manbayi” DUK (N.Gazibekov), Samarqand shahar hokimligi (F.Umarov), Nurobod tumani hokimligi (S.Berdiqulov) bilan birgalikda yuridik tashkilotlarni kuz-qish mavsumida uzluksiz issiqlik ta’minoti bilan ta’minlanishi bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rsin.
  4. Viloyat hokimligi axborot xizmati – matbuot kotibi (M.Mirzayev), “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi (N.Norbekov) ushbu qarorni Lex.uz O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilinishini va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
  5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
  6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (O‘.Saidmurodov) hamda viloyat hokimi o‘rinbosarlari (F.Abilov, A.Shukurov) zimmalariga yuklansin.

 

Samarqand  shahri, 2024-yil 23-fevral  VI-96-16-7-0-K/24

Qarorni yuklab olish (PDF 174 KB)


Oxirgi o‘zgarish: 26/02/2024 12:40.   Ko‘rilganligi: 216
 
Material manzili: https://samarkand.uz/hhkki1

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.