.
Viloyatning Samarqand shahar va Nurobod tumani aholisi turar joy binolarini isitish uchun sarflanadigan issiqlik energiyasi normalarini belgilash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 30 iyuldagi “Uy-joy-kommunal xizmatlarning o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashiga bosqichma-bosqich o‘tish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 271-sonli hamda 2001 yil 18 apreldagi “Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 178-sonli qarorlariga asosan Samarqand shahar va Nurobod tuman aholisining turar joy binolarini isitish uchun sarflanadigan issiqlik energiyasi yetkazib berish holatini yanada yaxshilash maqsadida, viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasining 2021 yil 25 yanvardagi (01-08/166-son) murojaatini inobatga olib,
QAROR QILAMAN:
1. Samarqand shahar va Nurobod tumani aholisining turar joy binolarini isitish uchun sarflanadigan issiqlik energiyasi normalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi (A.Baxriyev) “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi tizimidagi Samarqand shahar va Nurobod tumanidagi uy-joy fondini saqlash va unga texnik xizmat ko‘rsatish korxonalari aholiga o‘z vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlasin.
3. Viloyat hokimligi matbuot-kotibi axborot xizmati (M.Mirzayev) mazkur qarorni “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” “Ovozi Samarqand” gazetalarda e’lon qilishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov zimmasiga yuklatilsin.
Viloyat hokimi v.v.b J.Urakov
Qaror loyihasini muhokama qilish va fikr-mulohazalaringizni bayon etish uchun ushbu havolani bosing.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.