.
Samarqand viloyatida 2021 yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 102-sonli (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2009 y., 15-son, 186-modda) qarorining 3-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2021 yil 12 yanvardagi 01/04-19-70-sonli xati bilan taqdim etilgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy tarraqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirliklari o‘rtasida kelishilgan 2021 yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini inobatga olib,
Q A R O R Q I L A M A N:
1. Quyidagilar:
Samarqand viloyatida 2021 yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari 1-ilovaga;
ijara to‘lovi stavkalariga qo‘llaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i v.v.b (B.Payshanov)ga:
davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish;
ijaraga berilgan davlat mulkini va uni ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larni hisobga olish va monitoringini olib borish;
ijaraga beriladigan davlat mulki bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
ijara obyektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek ijara to‘lovi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish;
foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi to‘g‘risidagi e’lonlarni va ijaraga berilayotgan davlat mulklari ro‘yxatlarini davriy nashrlarda hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi va Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmalarining veb-saytlariga joylashtirilishini ta’minlash topshirilsin.
3. Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i v.v.b (B.Payshanov), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (A.Inagamov), shahar va tuman hokimliklari hududlarda ijara munosabatlarini tartibga solish, ijaraga berilayotgan davlat mulki hisobotini to‘g‘ri yuritish va byudjetga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida davlat mulkini balansda saqlovchilar tomonidan ijaraga berish samaradorligini oshirish va tashkillashtirishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin.
4. Viloyat hududida 2021 yilda davlat mulki bo‘lgan binolar va xonalarda joylashgan byudjet tashkilotlari uchun ijara to‘lovining nol stavkasi belgilansin.
5. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi (A.Anvarov) mazkur qarorni “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarida e’lon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
6. Viloyat hokimining 2020 yil 29 yanvardagi “Samarqand viloyatida 2020 yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 15-Q-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.Urakov zimmasiga yuklatilsin.
8. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Viloyat hokimi E.Turdimov
Qaror loyihasini muhokama qilish va fikr-mulohazalaringizni bayon etish uchun ushbu havolani bosing.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 1
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.