w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari Akmal Shukurov ishtirokida uy-joy, qurilish, kommunal xo`jalik, transport va ekologiya sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing

Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari Akmal Shukurov ishtirokida uy-joy, qurilish, kommunal xo`jalik, transport va ekologiya sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan aholining kayfiyatiga bevosita ta’sir qiluvchi muammolarni hal etish hamda ularni rozi qilish maqsadida ko‘plab ustuvor vazifalar belgilab berilmoqda.

Jumladan, Davlatimiz rahbari huzurida uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jalik, transport va ekologiya sohasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishlarida berilgan topshiriqlar hamda qaror va farmoyishlardan kelib chiqib, joriy yilda viloyatda amalga oshiriladigan zaruriy chora-tadbirlar va vazifalarni belgilab oldik.

Birgina 2023-yilda viloyatimizga Investitsiya dasturi doirasida 1 trln 190 mlrd.so‘m mablag‘lar ajratib berilib, 194 ta ob’ektlarda qurilish ishlari amalga oshirildi.

2024 yilda esa bu ishlarning davomida sifatida
1,5 trln.so‘m mablag‘lar evaziga 244 ta ob’ektlarda, jumladan, 32 200 ta o‘quvchi o‘rinli 106 ta umumta’lim maktablari, 27 ta maktabgacha ta’lim, 4 ta oliy ta’lim,
10 ta tibbiyot muassasalarida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, joriy yil boshidan 371 mlrd.so‘m mablag‘lar evaziga 663,0 km yo‘llar rekonstruksiya qilindi va ta’mirlandi, jumladan, 8 km umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilingan bo‘lsa, 145 km ichki ko‘chalarga asfalt, 500 kmdan ziyod ko‘chalarga shag‘al qoplamasi yotqizildi.

Yil yakuniga qadar esa 1 631 km ko‘chalarni ta’mirlash rejalashtirilmoqda. Jumladan, 508 km ichki ko‘chalarga asfalt, 1 000 kmdan ziyod ko‘chalarga shag‘al qoplamasi yotqiziladi, 5 ta yangi ko‘priklar qurilib, 18 ta ko‘priklar ta’mirlanadi.

Aholining ichimlik va oqova suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

2024-yil birinchi yarim yilligida 35,8 km suv tarmoqlari qurildi, 35 dona nasoslari energiya tejamkorlariga almashtirildi.

Misol uchun, Kattaqo‘rg‘on tumanida 20 km suv tarmog‘i,
4 dona yangi suv nasosi qurilishi va 8 ta suv nasoslarini ta’mirlanishi hisobiga Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 3 ta mahalladagi 1 ming 500 nafardan ziyod aholi ilk bor ichimlik suv bilan ta’minlangan bo‘lsa, 1,5 ming nafar aholining suv ta’minoti yaxshilandi.

Bundan tashqari, davlat dasturlari hamda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan joriy yil yakuniga qadar
8 ta yangi suv inshooti va 193 km suv tarmoqlarini qurish,
2 ta suv inshootlarini rekonstruksiya rejalashtirilmoqda.

Ushbu ishlar natijasida, yil yakuniga qadar 150 ming nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanadi, 81,9 ming nafar aholining suv ta’minoti yaxshilanib, markazlashgan suv ta’minoti 74,5% dan 78,6%ga yetkaziladi.

Amalga oshirilayotgan ishlarga misol qilib, Nurobod tumanidagi “Nurobod-Damxo‘ja” suv saqlash inshootini rekonstruksiya qilish va 95,8 km ichimlik suv tizimlarini qurishni aytishimiz mumkin.

Mazkur ob’ektda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari natijasida Nurobod shahri, tumanning “Nurbuloq”, “Po‘latchi”, “Sho‘rchi”, “Yuksalish”, “Omonboy”, “Kechkeldik”, “Nurdum”, “Sharq yulduzi”, “Achamayli”, “Yangiqishloq”, “Mash’al”, “Madaniyat” “Sho‘robod” va “Qilichli” mahallalaridagi 18 495 nafar aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanishi kutilmoqda.

Yoki bo‘lmasa, Kattaqo‘rg‘on tumani markazida 32,7 km oqova suv tarmog‘i va 2 ta nasoslarni qurish hisobiga tumandagi 7 540 nafar aholi ilk bor oqova xizmati bilan ta’minlanadi.

Bundan tashqari, aholining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 6 oy davomida 160 km elektr tarmoqlari qurilib, 86 dona transformatorlar 5 165 dona temir-beton ustunlar o‘rnatildi.

Birgina, Ishtixon tumanida 18 km elektr uzatish tarmog‘i, 8 ta transformator punkti va 1 177 dona
temir-beton ustunlari qurilib, 16 mingdan ziyod aholining elektr ta’minoti yaxshilandi.

Shu bilan birgalikda, qurilish ishlarini jadal davom etirrib, yil yakuniga qadar 200 km elektr tarmoqlari qurilib, 60 dona transformator punktlari va 5 mingdan ziyod temir-beton ustunlar o‘rnatiladi hamda 8 ta yangi podstansiyalar qurilib, 288 MVt yangi quvvatlar yaratiladi va aholining elektr ta’minoti yaxshilanadi.

Aholini uy-joylarga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida o‘tgan yilda 10 mingdan ziyod xonadonli uylar foydalanishga topshirildi, joriy yilda esa 11 ming
300 ta xonadonli 182 ta ko‘p qavatli uylarda qurilish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, oldingi yillarda Bulung‘ur va Urgut tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari tashkil etilgan bo‘lsa, joriy yilda Samarqand shahridagi “Qorasuv” va Toyloq tumanidagi “Charog‘bon” mahallalarida ham “Yangi O‘zbekiston” massivlari tashkil etilib, ijtimoiy soha va infratuzilma ob’ektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlangan shaharchalar barpo etiladi.

Oldinga yillarda qurilgan, Ko‘p kvartirali uylar ham o‘z holiga tashlab qo‘yilgani yo‘q.

O‘tgan yilda, mavjud ko‘p kvartirali uylarning 34 ming kv.metr tom qismlari, 150 ta kirish yo‘laklari, 83 ta
uy-joylarning yerto‘la qismidagi muxandislik kommunikatsiyalari, 39 ta uylarning fasad qismlari ta’mirlandi hamda 40 ta uylarga yangi lift uskunalari o‘rnatildi.

Joriy yilda ham bu tadbirlar davom ettirilib
183 ta ko‘p kvartirali uylar mukammal va joriy ta’mirlanib kelinmoqda, jumladan, 93 ta uyning tom qismida va 94 ta uylarning fasad qismida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, “Shahar piyodalar uchun” tamoyiliga qat’iy amal qilgan holda aholiga qulay va tez jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

2023-yilda Samarqand shahriga 100 dona zamonaviy avtobuslar va 6 ta elektrobuslar keltirilgan bo‘lsa, joriy yilda 94 ta elektrobuslar xarid qilinib, 157 ta avtobus bekatlari hamda 5 ta avtovokzallarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib boriladi.

Shuningdek hozirda, viloyat aholisiga xizmat ko‘rsatadigan 1 000 dona zamonaviy avtobuslarni xarid qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Natijada 2023-yilda 102 mln nafar aholiga jamoat transporti xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 114 mln nafarga yetkaziladi.


Oxirgi o‘zgarish: 26/07/2024 12:32.   Ko‘rilganligi: 176
 
Material manzili: https://samarkand.uz/brifing114

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.