w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatida 2025-yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida

Samarqand viloyatida 2025-yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida

.

Samarqand viloyatida 2025-yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 660-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (2024-yil 30-dekabrdagi 01/23-18/1276-son) hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining (2024-yil 29-dekabrdagi 02/29-27269-son) qo‘shma xati va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining 2025-yil 4-yanvardagi (18-01/2-1-son) murojaati hamda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari kotibyati mudiri R.Maxqulovning 2025-yil 4-yanvardagi (05/01-30-son) bildirigisini inobatga olib,

QAROR QILAMAN:

  1. Quyidagilar:

Samarqand viloyatida 2025-yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari 1-ilovaga;

Sanoat zonalari hududlaridagi davlat ko‘chmas mulki obyektlarini 2025-yilda ijaraga berishda qo‘llaniladigan ijara to‘lovining eng kam stavkalari 2-ilovaga muvofiq;

Ijara to‘lovi stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davaktiv agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasi (A.Yangiboyev):

davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish;

ijaraga berilgan davlat mulkini va uni ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larni hisobga olish va monitoringini olib borish;

ijaraga beriladigan davlat mulki bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

ijara obyektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek, ijara to‘lovi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish;

davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonun buzilish holatlari aniqlanganda qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda choralar ko‘rish;

foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi to‘g‘risidagi e’lonlarni va ijaraga berilayotgan davlat mulklari ro‘yxatlarini davriy nashrlarda hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasining va Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasining veb-saytlarida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joylashtirilishini ta’minlasin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davaktiv agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasi (A.Yangiboyev), viloyat Soliq boshqarmasi (E.Tolliyev), shahar va tuman hokimliklari hududlarda ijara munosabatlarini tartibga solish, ijaraga berilayotgan davlat mulki hisobotini to‘g‘ri yuritish va byudjetga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida davlat mulkini balansda saqlovchilari tomonidan ijaraga berish samaradorligini oshirish va tashkillashtirishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin.
  2. Vazirlik va idoralarning viloyat boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari balansidagi davlat mulklarini xatlovdan o‘tkazsin va bo‘sh turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan davlat mulklarini ijaraga berish bo‘yicha har chorak yakuni bilan hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha Davaktiv agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasiga bu mulkning joylashgan joyi, miqdori, tarkibi va boshqa umumiy tavsiflari ko‘rsatilgan ma’lumotlarini taqdim etib borsin.
  3. Davlat kadastrlar palatasi viloyat hududiy boshqarmasi (M.Kuvandikov) har chorak yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasiga qadar viloyatda mavjud davlat mulki obyektlarining ro‘yxatini elektron holatda Davaktiv agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasiga taqdim etib borsin.
  4. Viloyat hududida 2025-yilda davlat mulki bo‘lgan binolar va xonalarda joylashgan byudjet tashkilotlari uchun ijara to‘lovining “nol” stavkasi belgilansin.
  5. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev) mazkur qarorni “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalarida e’lon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
  6. Viloyat hokimining 2024-yil 7-fevraldagi “Samarqand viloyatida 2024-yilda davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 33-7-0-Q/24-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  7. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
  8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari F.Abilov zimmasiga yuklatilsin.

 

Viloyat hokimi v.b.                                        A. Boboyev

Samarqand  shahri, 2025-yil 29-yanvar 24-7-0-Q/25

Qarorni yuklab olish (PDF 674 KB)


Oxirgi o‘zgarish: 25/02/2025 11:45.   Ko‘rilganligi: 7
 
Material manzili: https://samarkand.uz/2025-yilda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing