w w w . s a m a r k a n d . u z

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2023-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida” VI-94-126-7-0-K/23-son qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2023-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida” VI-94-126-7-0-K/23-son qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida

.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 14-apreldagi “Ish haqi va ijtimoiy soliq xarajatlari bo‘yicha yetishmaydigan mablag‘larni qoplash to‘g‘risida” 03/1-1180-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil 18-sentabrdagi (01/01-38/25-son) murojaati hamda viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari F.Abilovning 2024-yil 28-sentabrdagi (89/01-30-son) bildirgisini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 126 va 147-moddasiga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, bir yuz to‘rtinchi sessiyasi

QAROR   QILADI:

  1. Viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari (F.Abilov) hamda viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2023-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatining 2024-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida” VI-94-126-7-0-K/23-son qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
  2. 2. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2023-yil
    27-dekabrdagi “Samarqand viloyatining 2024 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida” VI-94-126-7-0-K/23-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
  3. 3. Shahar va tuman hokimliklariga mahalliy byudjetlariga o‘zgartirish kiritish masalasini xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari muhokamasiga kiritish tavsiya etilsin.
  4. 4. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev), G‘aznachilik xizmati boshqarmasi (O.Hamdamov) byudjet mablag‘laridan qonun hujjatlari talablariga muvofiq maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilsin.
  5. Viloyat hokimligi axborot xizmati-matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” (N.Norbekov) ushbu qarorni ommaviy axborot vositalarida chop etilishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlansin.
  6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (F.Nasrullayev) va viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (F.Abilov) zimmalariga yuklansin.
  7. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Sessiya raisi                                                                     S.Usmonov

Samarqand  shahri, 2024-yil 24-oktabr VI-104-105-7-0-K/24

Qarorni yuklab olish (PDF 120 KB)


Oxirgi o‘zgarish: 25/10/2024 16:00.   Ko‘rilganligi: 62
 
Material manzili: https://samarkand.uz/xa336

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.