Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida

Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida

.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1326-sonli qaroriga muvofiq viloyat Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasining 2023-yil 12-yanvardagi (6-son) murojaati, viloyat Moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 23-yanvardagi (02/02-38/98-son) va viloyat Davlat soliq boshqarmasining 2023-yil 26-yanvardagi (20/5-12013-son) xulosalariga asoslanib,

QAROR   QILAMAN:

  1. Quyidagilar:

Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar miqdorlari 1-ilovaga;

Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan bino, inshootlar va inventarlarni ijaraga berish va ko‘rsatiladigan majburiy xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning miqdorlari 2-ilovaga;

Bozor va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan maxsus ajratilgan joylarda og‘ir va katta o‘lchamdagi qurilish materiallarini sotish uchun to‘lovlarning miqdorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Viloyat Davlat soliq boshqarmasi (A.Inogomov), viloyat Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi (T.Mamadaliyev) larga:

Viloyatdagi Bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini belgilangan tartibda to‘liq undirilishini;

yangi tasdiqlangan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati miqdorlari haqida viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslari, sotuvchi va xaridorlar e’tiboriga yetkazilishi, bu haqidagi ma’lumotlarni barcha ko‘rinarli joylarga joylashtirilishi hamda amalda tatbiq etilishi ustidan nazorat o‘rnatilishini;

ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati uchun to‘lovlarning holati bo‘yicha monitoring kuzatuvi yuritish va natijalari yuzasidan viloyat hokimligiga aniq takliflar kiritib borilishini;

ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarning yangi miqdorlarini to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda to‘liq undirilishi va bozorlar daromadlarining belgilangan qismini mahalliy budjetga o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini ta’minlash topshirilsin.

  1. Viloyat hokimining 2022-yil 15-martdagi “Viloyatdagi bozor va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi 112-7-0-Q/22-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  2. Viloyat hokimligi axborot xizmati matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi “Axborot-kommunikatsiyalarini rivojlantirish markazi” (A.Anvarov) ushbu qarorni ommaviy axborot vositalarida chop etilishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlansin.
  3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari v.v.b. F.Abilov zimmasiga yuklatilsin.
  4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Viloyat hokimi                                                            E.Turdimov

Samarqand  shahri, 2023-yil 23-fevral 61-7-0-Q/23

Qarorni yuklab olish (PDF 315 KB)


Охирги ўзгариш: 23/02/2023 21:32.   Кўрилганлиги: 342
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/viloyatdagi-bozorlar-va-savdo-komplekslari-mamuriyati-tomonidan-undirib-olinadigan-bir-martalik-yigimlar-ijara-tolovlari-va-korsatiladigan-xizmatlar-qiymati-miqdorlarini-tasdiqlash-togrisida12

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 2
Меҳмонлар: 5

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.