Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat hokimligining kichik majlislar zalida viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a’zolari hamda viloyat hokimligi xodimlari ishtirokida 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Korrupsiya qarshi kurashish hamda uni oldini olish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligining kichik majlislar zalida viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a’zolari hamda viloyat hokimligi xodimlari ishtirokida 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Korrupsiya qarshi kurashish hamda uni oldini olish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

.

Mazkur seminarda viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a’zolari so‘zga chiqib Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashga hamda bunda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi hamda korrupsiya qarshi kurashish hamda uni oldini olishda hududiy kengashlarning o‘rni muhim ekanligi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng ushbu yig‘ilishda viloyat hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish sho‘basi mudiri Olmos Yazdanov so‘zga chiqib korrupsiyaning jamiyatga zarari, uning oqibatlari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, so‘ngi besh yilda Davlatimiz Rahbarining tashabbuslari va qat’iy siyosiy idoralari bilan ushbu illatga qarshi murosasiz kurash olib borilayotganligi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishni davlat siyosati darajasiga olib chiqilishi va qisqa fursatda korrupsiyaga batamom chek qo‘yish bo‘yicha ham huquqiy ham tashkiliy jihatdan choralar ko‘rilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida hokimlik xodimlari tomonidan ham korrupsion jinoyatlarning sodir etilishiga ham to‘xtalib o‘tildi va sodir etilgan iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya holatlari haqida to‘liq ma’lumotlar berildi hamda Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan ayovsiz kurash olib borishda viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a’zolari va jamoatchilikning o‘rni nihoyatda muhim ekanligi ta’kidlandi.

Самарқанд вилояти ҳокимлигининг коррупцияга қарши курашиш бўйича ички идоравий ҳужжатлар билан танишган раҳбар ва ходимларнинг имзоси билан тасдиқлаганлиги


Охирги ўзгариш: 29/05/2023 13:23.   Кўрилганлиги: 421
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/viloyat-hokimligining-kichik-majlislar-zalida-viloyat-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-hududiy-kengashi-azolari-hamda-viloyat-hokimligi-xodimlari-ishtirokida-9-dekabr-xalqaro-korrupsiyaga-qarshi-kurashish-kuniga-bagishlangan-korrupsiya-qarshi-kurashish-hamda

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 0
Меҳмонлар: 2

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.