Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatida 2023-yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffitsientlarni tasdiqlash to‘g‘risida

Samarqand viloyatida 2023-yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffitsientlarni tasdiqlash to‘g‘risida

.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-moddasi, viloyat Davlat soliq boshqarmasi (2022-yil 20-dekabrdagi 19/10-120148-son) va viloyat Moliya bosh boshqarmasining (2022-yil 22-dekabrdagi 01/02-38-951-son) xulosalariga asoslanib, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq, saksoninchi sessiyasi

QAROR  QILADI:

  1. Samarqand viloyati tumanlarining iqtisodiy rivojlanishiga qarab 2023-yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffitsientlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari kotibiyati (K.Xushbakov), viloyat Moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (A.Inagamov) mazkur qarorga asosan 2023-yilda yuridik shaxslarning mulk qiymatiga qo‘llanilayotgan kamaytiruvchi koeffitsientlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq to‘lovchilarga yetkazilishini ta’minlansin.
  3. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” (A.Anvarov) ushbu qarorni “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalarida rasman e’lon qilinishi va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasinlar.
  4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (F.Nasrullayev) va viloyat hokimining o‘rinbosari (F.Abilov) zimmasiga yuklansin.
  5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kengash raisi                                                                E.Turdimov

Samarqand  shahri, 2023-yil 30-yanvar VI-80-2-7-0-K/23

Qarorni yuklab olish (PDF 976 KB)


Охирги ўзгариш: 31/01/2023 10:15.   Кўрилганлиги: 1591
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/samarqand-viloyatida-2023-yilda-yuridik-shaxslar-mol-mulk-soligini-hisoblashda-kochmas-mulkning-mutlaq-qiymatiga-qollaniladigan-kamaytiruvchi-koeffitsientlarni-tasdiqlash-togrisida

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 1
Меҳмонлар: 3

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.