Самарқанд вилояти ҳокимлиги
w w w . s a m a r k a n d . u z
Quyidagilar boshqarmaning asosiyvazifalari hisoblanadi:
- ommaviy axborot vositalarining mustaqilfaoliyati amalga oshirishga bo‘lgan konstitusiyaviy huquqlariga va qonunhujjatlariga, so‘z va matbuot erkinligi kafolatlariga so‘zsiz rioya etilishi yuzasidanmonitoring olib borish;
- viloyat fuqarolarining axborotlargaolishga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirishga, aholining, eng avvalo, o‘sibkelayotgan avlodning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy saviya darajasini oshirishmanfaatlarini ko‘zlab ommaviy axborot vositalari, noshirlik ishlari vamatbaachilikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
- ommaviy axborot vositalarini tarqatish,ushbu faoliyat turlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sohasidagi davlat siyosatiniamalga oshirish;
- mahalliy ommaviy axborot vositalari,nashriyotlar, axborot va kitob bozorining boshqa qatnashchilari tomonidan ushbusohaga doir amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan viloyatdafaoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalari, nashriyotlarmahsulotlarining monitoringini amalga oshirish;
- viloyat fuqarolari va yuridikshaxslarning axborotlarni tayyorlash, tarqatish, ulardan foydalanish sohasidagihuquqlari va manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlash;
- tegishli davlat muassasalari bilanhamkorlikda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, mahalliy ommaviy axborotvositalari bozorida subyektlarning teng mavqyeini ta’minlash;
- reklamalar tayyorlash, shuningdek, ularnimahalliy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishda davlat siyosatini amalgaoshirishda qatnashish.
Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarnibajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- Samarqand viloyatida faoliyatko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarining ishinitakomillashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunlarigamuvofiq boshqarmada ro‘yxatdan o‘tkazilgan ommaviy axborotvositalarining qonunchilik va o‘z Nizomlariga rioya qilinishi yuzasidanmonitoring o‘tkazishda aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan muassislarga taqdimnomalarkiritish, aniqlangan qonunbuzarliklar bartaraf etilmagan hollarda Ommaviyaxborot vositasining chiqarilishini to‘xtatib turish yoki tugatish hamda ulargaberilgan guvohnomalarni beqor qilish bo‘yicha sudlarga ariza bilan murojaatqilish;
- matbaa korxonalarining texnikaviybazasini rivojlantirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish, davlatstandartlarini ta’minlanishi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishdaqatnashish;
- o‘z vakolatiga ko‘ra hokimiyatning boshqaijro organlari bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish;
- ommaviy axborot sohasida faoliyatyurituvchi tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish prognozlari vadasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
- Boshqarma sohasiga taalluqli iqtisodiy,ijtimoiy, texnikaviy, huquqiy muammolarni tahlil qilish va sohanitakomillashtirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgantakliflar ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llashda ishtirok etish;
- Boshqarmada ro‘yxatdan o‘tkazilgan OAVfaoliyatini muvofiqlashtirib borishda muassislar bilan hamkorlik qilish,mahalliy ijro organlari bilan sohaga doir hamkorlikni rivojlantirish vaularning ishida o‘zining vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha qatnashish;
Boshqarma O‘zbekiston Respublikasiqonunlari, Prezident farmonlari, qaror va farmoyishlari, boshqako‘rsatmalari, Hukumat qarorlari, Agentlik Hay’ati qarorlari, buyruqlari,farmoyishlari, topshiriqlari, boshqarma zimmasiga yuklangan boshqavazifalarning ijro etilishi uchun javobgardir.