Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyatimiz yoshlari va sport muxlislari!

Viloyatimiz yoshlari va sport muxlislari!

Joriy yilning aprel-avgust oylarida 16-30 yoshdagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida uch bosqichli futbol hamda o‘g‘il va qizlar ishtirokida uch bosqichdan iborat mini-futbol bo‘yicha

1126 ta mahalla yoshlari to‘liq qamrab olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari o‘tkaziladi.

2023-yil 8-aprel kuni o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol hamda o‘g‘il va qizlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha tuman (shahar) bosqichlari start oladi.

Qizlar jamoasi tumandagi 4 ta sektor kesimida shakllantiriladi.

Shuningdek, 2023-yil iyun-iyul oylarida o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol hamda o‘g‘il va qizlar ishtirokida mini-futbol bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqalari o‘tkaziladi.

Gʻoliblar avgust oyida respublika final bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishadi.

Yana bir yangilik. Aprel-may oylarida nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida shaxmat musobaqalari tashkil etiladi.

Hurmatli yoshlar, mahalla faollari!

Ushbu tashkil etilayotgan musobaqalarda faol ishtirok eting hamda o‘z qobiliyatingizni namoyon etish imkoniyatidan to‘liq foydalaning.

Mahalladan boshlangan musobaqalarda g‘olib jamoalarga viloyat sektorlari va viloyat bosqichida ham o‘z jamoasi bilan ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Viloyat va shahar–tuman bosqichlaridagi jamoalar tashkiliy qo‘mita tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Sport musobaqalariga marhamat!


Киритилган вақти: 06/04/2023 22:05.   Кўрилганлиги: 202
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/press/news/viloyatimiz-yoshlari-va-sport-muxlislari

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 2
Меҳмонлар: 14

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.