Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

Sichuan provinsiyasi va Samarqand tadbirkorlari forumi

Sichuan provinsiyasi va Samarqand tadbirkorlari forumi

Bugun Xitoy Xalq Respublikasida Sichuan provinsiyasi va Samarqand tadbirkorlari forumi o`tkazildi.

Forum ishida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov o`z ma`ruzasi bilan ishtirok etib, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarning birgalikda amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda ko`p qirrali O`zbekiston-Xitoy hamkorligi izchil rivojlanib, aniq va boy mazmunga ega bo`layotganligini ta`kidlab o`tdi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, yashil energetika, elektrotexnika, farmatsevtika, qishloq xo`jaligi, oziq-ovqat, ilm-fan, metallurgiya, qurilish, turizm va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilash ikki mintaqa ishbilarmon doira vakillari va tadbirkorlari oldida turgan dolzarb masala ekanligini bildirdi.
Uchrashuv, savol-javoblarga hamda qizg`in bahs va munozaralarga boy tarzda o`tib, yakunda qator kelishuvlarga erishildi.

Киритилган вақти: 22/05/2023 16:46.   Кўрилганлиги: 170
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/press/news/sichuan-provinsiyasi-va-samarqand-tadbirkorlari-forumi

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 0
Меҳмонлар: 3

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.