Joriy yilning 16 va 17-sentabr kunlari barcha xohlovchilarga "Challenge Samarkand" sport festivali doirasida "Challenge Family" xalqaro brendi tarkibiga kirgan triatlon bo‘yicha poyga tashkil etiladi.
"Challenge Family" - jahonning mashhur sport musobaqalaridan biri, ular butun dunyoning 30 mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Har yili "Challenge Family"da 50 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashadi.
"Challenge Samarkand"ning suzish bosqichi Respublika eshkak eshish kanalida bo‘lib o‘tadi. Velobosqich ikkita aylanadan iborat bo‘ladi. U "Buyuk ipak yo‘li" xalqaro turistik kompleksidan boshlanadi va eski shahargacha davom etadi. Sportchilar Amir Temur haykali, Registon ansambli, Bibixonim maqbarasi va tarixiy Afrosiyob bozorini kesib o‘tadi.
Yugurish bosqichi "Buyuk ipak yo‘li" xalqaro turistik kompleksida bo‘lib o‘tadi.
"Challenge Samarkand"da istalgan inson ishtirok etishi mumkin: Professional triatletlar, havaskor triatletlar, ayollar, bolalar va tayyorgarlikka ega istalgan odam.
Sprint (Triatlon sprint) - 750 m (suzish), velopoyga (20 km), yugurish (5 km) - 16 yoshdan kattalar uchun;
Sprint Relay (Jamoaviy sprint) - 750 m (suzish), velopoyga (20 km), yugurish (5 km) - 16 yoshdan kattalar uchun;
Middle distance (O‘rta masofa) - 1.9 km (suzish), velopoyga (86 km), yugurish (21.5 km) - 18 yoshdan kattalar uchun;
Middle distance Relay (Jamoaviy o‘rta masofa) - 1.9 km (suzish), velopoyga (86 km), yugurish (21.5 km) - 18 yoshdan kattalar uchun;
Women’s run (Ayollar uchun) - yugurish (5 km) - 18 yoshdan kattalar uchun;
Kids run (Bolalar uchun) - yugurish (200 m - 4-5 yosh), (400 m - 6-8 yosh), (600 m - 9-11 yosh).
Tadbirda 1700 nafar atlet qatnashishi kutilmoqda, uning katta qismi xorijdan keladi. Ro‘yxatdan o‘tish onlayn tarzda saytda amalga oshiriladi va 17 yanvardan 1 avgustgacha davom etadi.
Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Давлат ҳукумати портали
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилиги онлайн базаси
Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация бўйича давлат инспексияси
Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 1
Меҳмонлар: 12
Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.