14-17 yoshli oʻgʻil-qizlar oʻrtasida qoʻl jangi sport turi boʻyicha chempionat bahslarining ochilish marosimida
Milliy gvardiya qoʻmondoni, respublika qoʻl jangi federatsiyasi raisi R.Joʻrayev, DXX viloyat boshqarmasi boshligʻi, qoʻl jangi boʻyicha viloyat federatsiyasi raisi A.Ahmedov ishtirok etdi.
Chempionatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 841 nafar oʻsmir oʻgʻil-qizlar 35 ta vazn toifasida oʻzaro bellashmoqda.
- Ushbu musobaqa mamlakat terma jamoasini shakllantirishga xizmat qiladi, - deydi musobaqa hakamlar hayʼati bosh kotibi J.Mavlonov. – Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilar terma jamoaga saralanib, yil yakunida Rossiya Federatsiyasining Tula shahrida oʻtkaziladigan jahon chempionatiga hozirlik koʻriladi. Yakunda eng kuchlilar, xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan sportchilar terma jamoadan joy oladi.
Musobaqa 12-martga qadar davom etadi.
Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Давлат ҳукумати портали
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилиги онлайн базаси
Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация бўйича давлат инспексияси
Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 1
Меҳмонлар: 1
Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.