Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda hashar

Samarqandda hashar

Bugun Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan “Obod va fayzli mahalla – yurt ko’rki!” shiori ostida viloyatimizda umumxalq xayriya hashari bo’lib o’tmoqda.

Tashkil etilgan umumxalq xayriya hasharida Samarqand viloyatida 900 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz, jumladan, 550 mingga yaqin yoshlarimiz ishtiroki kutilmoqda.
Hashar davomida 1200 gektardan ortiq yer maydonlari obodonlashtiriladi, 950 tonnadan ortiq maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlanadi, 1000 ga yaqin qabriston, 40 ga yaqin ziyoratgoh obodonlashtirilib, 60 ming tupga yaqin manzarali va 30 mingga yaqin mevali daraxt ko’chatlari ekilishi, shuningdek, 130 kilometrga yaqin ariq va zovurlar tozalanib, hashar davomida yana 300 mingga yaqin gul ko’chatlari o’tqazilishi rejalashtirilgan.
Bu safargi xayriya hasharida kam ta’minlangan oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, hashar doirasida viloyatdagi 700 ga yaqin yurtdoshimizning xonadonlari ta’mirlab beriladi. Bundan tashqari, 450 dan ziyod ehtiyojmand, 240 ga yaqin nogiron va yolg’iz qariyalarga moddiy yordamlar ajratildi.

Охирги ўзгариш: 23/03/2023 08:30.   Кўрилганлиги: 264
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/press/news/samarqandda-hashar658

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 1
Меҳмонлар: 14

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.