Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati Kengashining 81-sessiyasi 17-fevral kuni o‘tkaziladi

Samarqand viloyati Kengashining 81-sessiyasi 17-fevral kuni o‘tkaziladi

Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov bugun, 10-fevraldagi “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, sakson birinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi qarorda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Kengashning sakson birinchi sessiyasi 2023-yil 17-fevral kuni soat 10:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- viloyat prokurori J.Hotamovning viloyat prokuratura organlari tomonidan
- 2022-yilning II yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti haqida;
- viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i R.Mamatovning 2022-yil davomida viloyatda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
- viloyatda 2022-yilda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyevning axboroti to‘g‘risida;
- viloyat moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i A.Hotamovning boshqarma tomonidan viloyatda 2022-yilda byudjet intizomini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;
- viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- tashkiliy masala.


Охирги ўзгариш: 10/02/2023 17:59.   Кўрилганлиги: 250
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/press/news/samarqand-viloyati-kengashining-81-sessiyasi-17-fevral-kuni-otkaziladi

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 0
Меҳмонлар: 1

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.