Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

Samaqandda Xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi

Samaqandda Xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi

19-oktabr kuni Samarqanddagi “Silk Road” turistik markazida “Global Forum on Education: The Foundation of Building Tourism” xalqaro ta’lim forumi o‘tkaziladi. 

Tadbir BMT Butunjahon Turizm Tashkilotining 25-Bosh Assambleyasi (GA25 UNWTO) doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Xalqaro ta’lim forumi UNWTO Bosh Assambleyasining asosiy tadbirlaridan bir bo‘lib, u dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan turizm sohasida faoliyat yurituvchi 1200 dan ortiq mahalliy va xorijiy mutaxassis hamda ekspertlarni bir joyda to‘playdi. Ular ta’lim, fan va turizm sohasidagi innovatsiyalarga doir dolzarb masalalarni muhokama qilishadi.

Forum dasturida turizm va ta’lim sohasidagi yutuq va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi “Ulysses Awards UNWTO” mukofotlash marosimi o‘tkaziladi.

Ishtirokni shu yilning 20-sentabrigacha tasdiqlashingiz mumkin.

Platformada ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://www.unwto.org/form/education-foro-25ga 


Киритилган вақти: 14/09/2023 17:14.   Кўрилганлиги: 149
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/press/news/samaqandda-xalqaro-talim-forumi-bolib-otadi

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 0
Меҳмонлар: 3

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.