O‘zbekistonda ilk marta Yoshlar ishlari agentligi va hamkor tashkilotlar tomonidan mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Besh tashabbus” olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. Natijalarga ko‘ra:
1-o‘rinni Toshkent shahri yoshlari;
2-o‘rinni Samarqand viloyati yoshlari;
3-o‘rinni Toshkent viloyati yoshlari egalladilar.
«Besh tashabbus olimpiadasi» o‘tkazilgan yo‘nalishlar:
“Yoshlar ovozi”, “Yosh kitobxon oila”, “Mushoira”, “Zukko kitobxon”, “Quvnoqlar va zukkolar” respublika tanlovlari; mini-futbol, futbol, voleybol, yengil atletika, streetball, shaxmat, shashka, stol tennisi va street workout boʻyicha respublika sport musobaqalari; kibersport musobaqasi hamda “Zakovat” intellektual oʻyinlari oʻtkaziladi.
Yigit-qizlarimiz uchun yana bir imkoniyat: g‘alaba qozonish va respublika bosqichiga yetib kelish uchun bor kuchingiz bilan tayyorgarlik ko‘ring. Tez orada ikkinchi mavsumga start beriladi. Barchangizga omad tilab qolaman!
Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Давлат ҳукумати портали
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилиги онлайн базаси
Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация бўйича давлат инспексияси
Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 2
Меҳмонлар: 5
Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.