Vatan himoyachilari kuni arafasida Prezident farmoni bilan Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni Aybek Saidov “General-mayor” harbiy unvoni va «Amir Temur jangovar bayrog‘i» mukofoti bilan taqdirlandi va qo‘mondonga «Amir Temur jangovar bayrog‘i» topshirilgan edi.
Bugun bayroq Samarqandga olib kelindi. Dastlab Bulung‘ur va Jomboy tumanlaridagi markaziy ko‘chalarda "Amir Temur jangovar bayrog‘i" jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘tarinki ruhda kutib olindi.
Shundan so‘ng Samarqand shahridagi Ko‘ksaroy maydonida harbiylar, deputatlar, yoshlar, sportchilar va jamoatchilik vakillari ishtirokida Sohibqiron bayrog‘i tantanali kutib olindi.
Tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov ishtirok etib, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi va barcha samarqandliklarni "Amir Temur jangovar bayrog‘i" qo‘lga kiritilganligi bilan tabrikladi va bu barcha uchun g‘urur, iftixor ekanligini ta’kidladi.
Tadbirdan keyin Amir Temur haykali oldida bayroq bilan esdalik suratlari tarixga muhrlandi va Registon maydonida harbiy parad tashkil etilib, shahar ko‘chalari bo‘ylab "Amir Temur jangovar bayrog‘i" tantanali olib yurildi.
Bu kabi tadbirlarni viloyatning Narpay, Paxtachi, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida ham tashkil etiladi.
Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Давлат ҳукумати портали
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилиги онлайн базаси
Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация бўйича давлат инспексияси
Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 0
Меҳмонлар: 8
Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.