Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

5 iyun – Butunjahon atrof-muhitni himoya qilish kuni

5 iyun – Butunjahon atrof-muhitni himoya qilish kuni

Bu sana 1972 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tashkil etilgan va shu vaqtdan boshlab dunyo hamjamiyati tomonidan har yili nishonlanib kelinmoqda.

Ushbu harakatga 1971 yil 11 mayda BMT Bosh kotibiga 23 mamlakatidan kelgan 2200 olim va madaniyat xodimlari imzolagan murojaati sabab bo‘ldi. Ular insoniyatni atrof-muhitning ifloslanishi munosabati bilan unga tahdid soladigan misli ko‘rilmagan xavf haqida ogohlantirdilar. “Yo biz ifloslanishni tugatamiz yoki u bizni!”. Murojaatnomadagi ushbu masala muhokamaga qo‘yildi.

Endilikda ushbu sana ommaviy bayram bo‘lib, uning maqsadi tabiiy boylik va resurslarni saqlash uchun say’-harakatlarni birlashtirishdir. U turli mamlakatlarda yurishlar va parad ko‘rinishida, velosiped sayohatlari va “yashil” bayramlar shaklida nishonlanadi.

2021 yilning mavzusi – Ekotizimni tiklash. 2021 yil – bu bizning sa’y-harakatlarimizni qayta ko‘rib chiqish va barqaror kelajak sari birgalikda harakat qilishni boshlash imkoniyatidir.

O‘n yillik 2030 yilda yakunlanadi, bu esa Barqaror Rivojlanish maqsadlariga erishish uchun oxirgi muddat va olimlar iqlimning qaytmas o‘zgarishi oldini olish uchun so‘nggi imkoniyat deb atashdi.


Киритилган вақти: 05/06/2021 07:57.   Кўрилганлиги: 499
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/press/news/5-iyun-butunjahon-atrof-muhitni-himoya-qilish-kuni

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 1
Меҳмонлар: 6

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.