
.
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Byudjet kodeksining 27, 99-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” O‘RQ-1011-son Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2024-yil 14-oktabrdagi 01-1239/7-sonli va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 25-dekabrdagi 01/51-1-26812-sonli xatlarini inobatga olib, xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, beshinchi sessiyasi
QAROR QILADI:
Soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar byudjetlariga to‘liq hajmda o‘tkaziladi:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
aylanmadan olinadigan soliq;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno);
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i (yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno);
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlarining kamida 50 foizi (yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno);
davlat aktivlarini ijaraga berishdan tushumlar.
Quyidagilar viloyat byudjetiga to‘liq hajmda o‘tkaziladi:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar);
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i (yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar);
benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;
tamaki mahsulotlari (import orqali kirgan mahsulotlardan tashqari) uchun aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar, tegishincha o‘tgan moliya yilining 1-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan olingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri aholisi sonining respublika aholisi sonidagi ulushiga muvofiq. Bunda, daromadlar bo‘yicha prognozning bajarilmagan qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi, daromadlar bo‘yicha prognozning oshirib bajarilgan qismi esa respublika byudjeti ixtiyorida qoladi.
Ma’lumot uchun, quyidagi soliqlar Respublika byudjetidan viloyat byudjetiga quyidagi ulushlarda:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tushgan tushumlarning (jismoniy shaxslar mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan to‘laydigan, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tashqari) 100 foizi;
foyda solig‘idan tushgan tushumlarning (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning to‘lov manbayida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘idan tashqari) 100 foizi;
alkogol mahsulotlari, shu jumladan, pivo (import orqali kirgan mahsulotlardan tashqari) realizatsiyasi uchun aksiz solig‘ining 30 foizi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga qonunchilikda belgilangan miqdorlarda taqsimlanadigan quyidagi daromadlar respublika byudjeti va viloyat mahalliy byudjeti o‘rtasida taqsimlanadi:
davlat bojlari;
jarimalar;
yig‘imlar;
qonunchilikda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan viloyat mahalliy byudjetlariga o‘tkazilishi belgilangan tushumlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va ajratmalar.
Qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat aktivlarini sotishdan mahalliy byudjetlarga tushadigan tushumlar tumanlar va shaharlar byudjetlari hamda viloyat mahalliy byudjeti o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-190-son qaroriga asosan tuman va shaharlar hokimliklariga o‘z hududlaridagi avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalarini o‘rnatish huquqi berilishi munosabati bilan mazkur texnika vositalar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun undirilgan jarima summasining 30 foizi tuman va shaharlar mahalliy byudjetiga qoldirilishi ko‘rsatib o‘tilsin.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi:
tegishli darajadagi mahalliy byudjetlarga ajratiladigan soliqlarni va boshqa turdagi daromadlarni (shu jumladan, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan daromadlarni) hamda budjetlararo transfertlarni taqsimlashga;
daromadlarning prognozini oshirib bajarishdan olingan mablag‘larning bir qismini tumanlar va shaharlar budjetlariga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun berishga haqli.
Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tumanlar hamda shaharlarda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalariga:
ommaviy dam olishga va (yoki) turizmga ixtisoslashtirilgan ayrim hududlar bo‘yicha Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha o‘sib boruvchi koeffitsiyentlarni joriy etishga;
ko‘chmas mulk ijara bozorida shakllangan haqiqiy ijara narxlaridan kelib chiqib, 2,0 baravarigacha oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llashga haqli.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi tuman va shaharlar byudjetlariga to‘liq biriktirilgan daromadlarni viloyatning viloyat byudjetiga yo‘naltirishi ta’qiqlanadi (bunda, daromadlari xarajatlaridan yuqori bo‘lgan shahar va tumanlar mustasno).
Agar qonunchilikda daromadlarning byudjet darajalari bo‘yicha taqsimlanishi nazarda tutilmagan bo‘lsa:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan daromadlarning turlari respublika byudjetiga o‘tkaziladi;
mahalliy byudjetlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan daromadlarning turlari tegishincha viloyatning viloyat byudjetiga o‘tkaziladi.
Byudjet tizimi byudjetlariga ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan tushumlarning summalarini qaytarish, ularni qaytarish sanasida amalda bo‘lgan ajratmalar normativlariga muvofiq tegishli byudjet tizimi byudjetlaridan, bekor qilingan daromad turlari bo‘yicha esa, respublika byudjetidan amalga oshiriladi.
Davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar (shu jumladan, ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan) 2025-yilning 1-iyuliga qadar 2024-yil yakunlari bo‘yicha o‘z sof foydasining 50 foizi miqdorida ajratmalar va davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisoblanadi hamda 2025-yilning 1-sentabridan kechiktirmay tegishli darajadagi byudjetlarga o‘tkaziladi. Shuningdek, ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud bo‘lgan oltin va mis qazib oluvchi korxonalar 2024 va 2025-yillardagi davlat ulushi bo‘yicha sof foydasining 100 foizini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga dividendlar tarzida o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud bo‘lgan oltin va mis qazib oluvchi korxonalar uchun dividendlar to‘lash miqdori va davriyligini qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlashga haqliligi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Samarqand viloyatining 2025-yilga rivojlantirishning makroiqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga;
Samarqand viloyatining viloyat mahalliy byudjeti daromadlarining 2025-yil uchun asosiy prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga;
Samarqand viloyatning viloyat byudjetidan 2025-yilda hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 3-ilovaga;
viloyat, tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlariga umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek, soliq bo‘lmagan to‘lovlar bo‘yicha belgilanadigan normativlari 4-ilovaga;
Bunda, ajratma meyorlari bo‘yicha viloyat mahalliy byudjeti bilan tuman va shaharlar mahalliy byudjetlarining taqsimotini o‘rnatilgan tartibda “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimiga Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi tomonidan kiritilishi belgilab qo‘yilsin.
viloyat byudjetidan tuman va shahar mahalliy byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
shaharlar va tumanlar mahalliy byudjetlarining 2025-yil uchun zaxira jamg‘armalari tasdiqlangan umumiy xarajatlarining (bundan jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish mablag‘lari mustasno) kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantirilsin;
viloyat, tuman va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg‘armalari mablag‘larini amaldagi Byudjet kodeksining 73-moddasiga muvofiq byudjet tizimi byudjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib bo‘lmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilishi ta’minlansin.
soliqlarning to‘liq va to‘g‘ri hisoblanishini hamda ushbu soliqlarni o‘z vaqtida byudjetga undirilishi ustidan soliq nazoratini o‘rnatish;
yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va mol-mulk soliqlari bo‘yicha doimiy tahlililar o‘tkazgan holda soliqlarni to‘liq hisoblanishini ta’minlash hamda ushbu soliq to‘lovlari bo‘yicha soliq qarzdorligiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
aylanmadan soliq turi bo‘yicha soliq to‘lovchilar tomonidan naqd pul aylanmalarining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilishi ustidan doimiy soliq nazoratini o‘rnatish hamda zarur hollarda xronometraj va kameral soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish;
yer va mol-mulk solig‘ining soliq bazasini oshirish, ya’ni xatlov ishlarini samarali va muntazam tashkil etib borish vazifalari yuklatilsin.
bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini aniqlash bo‘yicha doimiy ravishda xatlov ishlarini tashkil etish;
xatlov natijalariga ko‘ra viloyatda mavjud bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari ro‘yxatini shakllantirish, ijaraga berish yoki sotish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlash vazifasi yuklatilsin.
Bunda, qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan iste’mol qilinayotgan suv resuslari hajmlari va ushbu hajmlar bo‘yicha hisoblanayotgan suv soliqlari bo‘yicha doimiy tahlillar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilsin.
Bunda, hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar:
o‘z tasarrufidagi tizimda byudjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilish;
o‘zlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallari hamda daromadlar va xarajatlar smetalarining to‘g‘ri tuzilishi;
byudjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning to‘liq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga byudjetdan ajratiladigan mablag‘larning to‘g‘ri taqsimlanishi;
byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni to‘liq rejalashtirilishi va o‘z vaqtida to‘lanishini;
byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda ma’lumotlarni joylashtirib borilishini ta’minlasinlar.
22. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalaribo‘yicha doimiy komissiyasi (M.Po‘latov) hamda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (F.Abilov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi Sh.Negmatov
Samarqand shahri, 2024-yil 26-dekabr VII-5-025-7-0-K/24
Qarorni yuklab olish (PDF 488 KB)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 10
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.