w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatida 2026-yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, aniq va to‘laqonli amalga oshirilishini tashkil etish to‘g‘risida

Samarqand viloyatida 2026-yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, aniq va to‘laqonli amalga oshirilishini tashkil etish to‘g‘risida

.

Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va toʻliq ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli Farmoni, 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarori va 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Samarqand viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, to‘liq va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.

Tahlillarga ko‘ra, viloyat hokimligiga 2026-yilning  mart oyiga qadar Ijro.gov.uztizimi orqali Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 1 761 ta (307 ta Farmon, 956 ta qaror, 41 ta farmoyish, 455 ta majlis va tashrif bayonlari hamda 2 ta Qonun) hujjatlaridan 17 698 ta topshiriqlar kelib tushgan.

Ushbu topshiriqlarni ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida har bitta hujjat bo‘yicha nazorat rejalari ishlab chiqilib, tegishli boshqarma, tashkilotlarga hamda shahar, tuman hokimliklariga ijro uchun yuborilgan.

Bugungi kunda ushbu topshiriqlarning 14 815 tasi bajarilgan, 2 760 ta topshiriqlarni belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarida viloyat hokimligi mas’ul bo‘lgan 234 ta topshiriqlar ijrosi toʻliq ta’minlandi.

Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida berilgan 27 ta topshiriqlari ijrosi toʻliq ta’minlandi.

Ta’kidlash lozimki, viloyat hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini “kunbay” tahlil qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Haftaning har seshanba kuni viloyat hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda.

Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning 25-sanasida kelgusi oyda ijrosi belgilangan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul viloyat hokimining o‘rinbosarlari, guruh va bo‘lim boshliqlariga, tegishli boshqarma, tashkilotlar hamda shahar, tuman hokimliklariga yuborilmoqda.

Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval va “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilmoqda.

Jumladan, Aprel oyida bajarilishi lozim boʻlgan 210 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari topshiriqlarni mas’ul ijrochilar kesimida 25-aprel kuniga qadar yakunlash boʻyicha kalendar jadval tasdiqlandi.

Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Viloyat hokimligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari topshiriqlari ijrosini oʻz vaqtida ta’minlamagan hamda mas’uliyatsizlik oqibatida topshiriq ijrosini kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan rahbar va xodimlarga nisbatan oʻrnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari qoʻllanilib kelinmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 03/04/2026 17:45.   Ko‘rilganligi: 255
 
Material manzili: https://samarkand.uz/samarqand-viloyatida1212

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing