w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatida 2025-yilning to‘qqiz oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, aniq va to‘laqonli amalga oshirilishini tashkil etish to‘g‘risida

Samarqand viloyatida 2025-yilning to‘qqiz oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida, aniq va to‘laqonli amalga oshirilishini tashkil etish to‘g‘risida

.

Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va toʻliq ijrosini taminlash yuzasidan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyigan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli Farmoni, 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarori va 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son farmonida belgilangan topshiriqlar asosida Samarqand viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, to‘liq va sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan.

Tahlillarga ko‘ra, viloyat hokimligiga 2025-yilning to‘qqiz oyida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1648 ta (274 ta Farmon, 904 ta qaror, 37 ta farmoyish, 431 ta majlis va tashrif bayonlari hamda 2 ta Qonun) hujjatlarida 2744 ta topshiriqlar kelib tushgan.

Ushbu topshiriqlarni ijrosini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash maqsadida har bitta hujjat bo‘yicha nazorat rejalari ishlab chiqilib, taalluqli boshqarma, tashkilotlarga hamda shahar, tuman hokimliklariga ijro uchun yuborilgan.

Bugungi kunda ushbu topshiriqlarning 1311 tasi bajarilgan, 2744 ta topshiriqlarni belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Shu jumladan, joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlaridagi topshiriqlarida viloyat hokimligi mas’ul bo‘lgan 359 ta hamda Vazirlar Mahkamasining 112 ta topshiriqlari bajarilishi belgilangan bo‘lib, 30 sentyabr holatiga barcha topshiriqlar ijrosi ta’minlandi.

Ta’kidlash lozimki, viloyat hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini “kunbay” tahlil qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Haftaning har dushanba kuni viloyat hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda.

Topshiriqlar o‘z muddatlarida bajarilishini ta’minlash maqsadida har oyning 25-sanasida kelgusi oyda ijrosi belgilangan topshiriqlar ro‘yxati shakllantirilib, mas’ul viloyat hokimining o‘rinbosarlari, guruh va bo‘lim boshliqlariga, taalluqli boshqarma, tashkilotlar hamda shahar, tuman hokimliklariga yuborilmoqda.

Shundan kelib chiqib, mas’ul ijrochilar kesimida kalendar jadval va “yo‘l xaritalari” tasdiqlanib, shu asosida ish tashkil etilmoqda.

Tahlillar natijalari bo‘yicha, ijro intizomini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar, ularning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Viloyat hokimligida “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning Farmon, qaror, farmoyish hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida to‘lik va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilanib, topshiriqlar ijrosini ta’minlash choralari doimiy nazoratga olinadi.


Kiritilgan vaqti: 02/10/2025 09:45.   Ko‘rilganligi: 6
 
Material manzili: https://samarkand.uz/samarqand-viloyatida-2025-yilning-toqqiz-oyi-davomida-ozbekiston-respublikasi-prezidenti-va-hukumatning-farmon-qaror-farmoyish-hamda-majlis-bayonlarida-berilgan-topshiriqlarni-oz-vaqtida-aniq-va-tolaqonli-amalga-oshirilishini-tashkil-etish-togrisida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing