.
Samarqand viloyatida 2024-yilda davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 660-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 31-dekabrdagi (01/25-18/1119-son va 25/4-2-son) qo‘shma xatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining 2024-yil 4-yanvardagi (9-1-4-son) murojaatini inobatga olib:
QAROR QILAMAN:
Samarqand viloyatida 2024-yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari 1-ilovaga;
Ijara to‘lovi stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish;
ijaraga berilgan davlat mulkini va uni ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larni hisobga olish va monitoringini olib borish;
ijaraga beriladigan davlat mulki bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
ijara obyektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek, ijara to‘lovi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish;
foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi to‘g‘risidagi e’lonlarni va ijaraga berilayotgan davlat mulklari ro‘yxatlarini davriy nashrlarda hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi va Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmalarining veb-saytlarida joylashtirilishini ta’minlash topshirilsin.
9. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Viloyat hokimi E.Turdimov
Samarqand shahri, 2024-yil 7-fevral 33-7-0-Q/24
Qarorni yuklab olish (PDF 284 KB)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 4
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.