
.
O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonuni 12, 16-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-59-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Samarqand shahri jamoat transportida transport kartalaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar qamrovini oshirish va tabaqalashgan tariflarni joriy etish orqali shahar yo‘lovchi transporti korxonalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini oshirish, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida
Q A R O R Q I L A M A N:
qatnovlar soniga bog‘liq holda jamoat transportida transport kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha tariflar miqdori 1-ilovaga;
elektron to‘lov tizimlari (transport kartalari)dan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli tariflar miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
yangi tashkil etiladigan jamoat transporti yo‘nalishlarining afzalligi, qulayligi, tezkorligi hamda muntazamligi;
jamoat transportida elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishning hamda tabaqalashtirilgan tariflarning afzalliklari va qulayliklari keng yoritilishini ta’minlasin;
Samarqand shahri jamoat transportida elektron to‘lov tizimi keng joriy etilishini inobatga olgan holda aholini yetarli miqdorda transport kartalari bilan ta’minlanishini;
shahar hududida transport kartalarini sotish shoxobchalarini tashkil etilishini;
jamoat transporti vositalari harakatini barcha yo‘nalishlarda kech soat 22:00ga qadar, turistik yo‘nalishlarda esa 24 soat davomida amalga oshirilishini ta’minlasin.
Viloyat hokimi v.b. A. Boboyev
Samarqand shahri, 2025-yil 15-aprel 123-7-0-Q/25
Qarorni yuklab olish (PDF 72 KB)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 11
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.