Poytaxtimizda o‘tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi forumi ishtirokchilari bugun Samarqandga tashrif buyurdi.
Buyuk Ipak yo‘li chorrahasidagi ko‘hna va boqiy shaharning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.
- Forumda tashkilotga a’zo bo‘lgan, shuningdek, kuzatuvchi va muloqot qiluvchi sherik maqomidagi davlatlar vakillari, nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda madaniy-gumanitar sohaga aloqador shaxslardan iborat 120 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi, – deydi O‘zbekistonda SHHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov. – Samarqand bilan tanishish uchun Qozog‘iston, Tojikiston, Pokiston, Hindiston, Qirg‘iz Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi vakillaridan iborat bir guruh ishtirokchilar ko‘hna kentga keldi. Ular boy tariximiz, madaniyatimiz bilan bevosita tanishib, qadimdan xalqlar o‘rtasidagi muloqot maydoni bo‘lgan Samarqand xalq diplomatiyasi beshigi ekanligini ta’kidladi.
Joriy yil SHHT davlatlari rahbarlari ishtirokida o‘tadigan nufuzli sammitga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlarini kuzatgan mehmonlar Samarqand anjumani tashkilot nufuzi yanada oshishiga xizmat qilishini qayd etishmoqda. Bugungi tanishuv jarayonlari ham ham hamkor davlatlar o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar rivojiga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyatga ega.
Forum ishtirokchilari Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor, Hazrati Xizr, Bibixonim majmualarida bo‘ldi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyati bilan tanishdi.
– SHHT Xalq diplomatiyasi forumiga taklif etishganidan minnatdorman, – deydi Pokiston tinchlik va diplomatik tadqiqotlar instituti prezidenti, doktor Farxat Asif. – Ushbu forum tufayli ilk bor dunyoga mashhur Samarqand shahri ziyoratiga musharraf bo‘ldim. Samarqandda o‘z uyimda yurgandek his etayapman o‘zimni. Go‘zal va betakror shaharning tarixiy obidalari, zamonaviy binolari bir-biriga hamohang qurilgan. Bu shaharning mashhurligi bejizga emasligiga amin bo‘ldim va shunday go‘zal yurtga tashrif buyurganimdan mamnunman. Forum haqida gapiradigan bo‘lsam, ma’lumotlarga ko‘ra har yili O‘zbekiston 80 dan ortiq xalqaro anjumanlarga mezbonlik qilar ekan. Bu galgi forum ham yurtingizning tashqi siyosati, hamkor davlatlar bilan aloqalari rivojiga xizmat qiladi deb o‘ylayman. Eng muhimi, joriy yil SHHT davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammiti Samarqandda o‘tkaziladi. Bu ham jahon siyosat ahlining diqqat-e’tiborini O‘zbekistonga qaratadi. Yana bir jihatni alohida ta’kidlashim lozim, joriy yil Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari o‘rnatilganligiga 30 yil to‘ldi. O‘ylaymanki, o‘tkazilayotgan forumlar davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini ham yanada keng rivojlanishida ijobiy samara beradi.
A.Isroilov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 15
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.