Samarqand viloyati hokimligida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Rossiya Federatsiyasi urug‘chilik markazi rahbari, akademik Ivan Kuzmin va “Shyolkovo Agroxim” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Salis Karakotovlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasida hududlarning hamkorlikda amalga oshirayotgan loyihalari o‘z natijasi bermoqda.
E.Turdimov qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi pestitsidlar ishlab chiqarish maqsadida Nurobod tumani “Sazag‘on” massivida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi uchun yer maydoni ajratilib, bu yerda o‘simliklarni himoyalash kimyoviy vositalari zavodi qurilayotgani ham ushbu hamkorlik mahsuli ekanligini qayd etdi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 20 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish mo‘ljallangan.
Uchrashuvda 2022 yilda Samarqandda Rossiyadan keltirilgan g‘alla, makkajo‘xori, soya kabi qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlarini yetishtirishga ham kelishib olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.