w w w . s a m a r k a n d . u z

O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi

Samarqandda viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Losang Gyaltsen boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining yuksak darajasidan mamnunlik bildirib, ikki davlat rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini qayd etdilar.
Ikki tomonlama munosabatlar nafaqat anʼanaviy savdo-iqtisodiy aloqalar sohasida faol rivojlanayotgani, balki innovatsion va uzoq muddatli loyihalarda ham yangi ufqlar ochayotgani taʼkidlandi.
Muloqotda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hamkorlik masalalari, madaniy almashinuv va turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu sohalardagi hamkorlikni kengaytirishning aniq imkoniyatlariga to‘xtalib otishdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Adiz Boboyev va Losang Gyaltsen Samarqand viloyati va Xitoy Xalq Respublikasi hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Oxirgi o‘zgarish: 23/04/2025 19:14.   Ko‘rilganligi: 101
 
Material manzili: https://samarkand.uz/regional_government/foreign_relations/ozbekiston-xitoy-hamkorligi-istiqbollari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing