w w w . s a m a r k a n d . u z

Press-tur davom etmoqda

Press-tur davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan jurnalist va blogerlar uchun pres-tur tashkil etildi. 

Tur davomida OAV vakillari va blogerlar  Qorasuv massivida joylashgan 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lishdi.

Mazkur maktab 2021 yilning mart oyida inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining 32 milliard so‘m mablag‘i hisobiga qurilib, shu yilning 6 sentyabrida faoliyatini boshladi. Umumiy o‘quvchi sig‘imi 1680 o‘rinli, hozirgi kunda 67 ta sinfda 2334 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun 1-sinfdan inklyuziv ta’lim dasturi asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.

Viloyat XTB boshlig‘i Zebiniso Shodieva press-tur ishtirokchilariga maktab haqida malumot berib o‘tdi. Unga ko‘ra, maktabda 115 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchi test sinovi asosida ishga qabul qilingan bo‘lib, o‘quvchilarni kasbga o‘rgatish maqsadida o‘g‘il va qiz bolalar uchun 2 ta texnologiya xonasi, biologiya, kimyo va fizika fanlaridan 6 ta laboratoriya xonalari, 2 ta kompyuter va 4 ta chet tili fan xonalari, 168 o‘rinli faollar zali, 200 o‘rinli oshxona mavjud. Yuqori va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun 2 ta sport zali, 5 ta ochiq sport maydonlari mavjud.


Oxirgi o‘zgarish: 17/10/2023 11:45.   Ko‘rilganligi: 110
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/press-releases/press-tur-davom-etmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.