w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi

Samarqandda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimligida Turkiyaning “AKSA Elektrik Perakende Satış A.Ş.” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotda Prezidentimizning 2026-yil 14-avgustdagi “Samarqand viloyatida elektr energiyasini taqsimlash tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi xususida so‘z yuritildi.
Mazkur loyiha doirasida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, energiya yo‘qotishlarini izchil kamaytirish, iste’molchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda sohaga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.
Uchrashuvda xususiy operatorni jalb etish orqali elektr energetika tarmog‘ida samaradorlikni oshirish, sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish va xizmatlar sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot yakunida loyihani samarali amalga oshirish bo‘yicha galdagi vazifalar belgilab olindi.

Kiritilgan vaqti: 23/08/2026 19:37.   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-elektr-tarmoqlarini-modernizatsiya-qilish-masalalari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing