w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqandda bir guruh xotin-qizlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Samarqandda bir guruh xotin-qizlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Samarqand viloyati hokimligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh faol va fidoyi xotin-qizlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘zining samarali mehnati, boy bilim va tajribasi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalq farovonligini oshirish yo‘lida tashabbus ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlar e’tirof etildi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, barcha xotin-qizlarni bayram bilan samimiy tabrikladi hamda ularning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida to‘xtaldi.
Joriy yilda viloyatimizdan bir qator faol ayollar davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Jumladan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Xosiyat Bobomurodova “O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni, Samarqand shahar nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli Dilbar Imomova II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni, Samarqand viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi Xurshida Xoliqova “Sog‘lom turmush” medali, Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi gid-tarjimoni Nazira Zohidova hamda Toyloq tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Noila Qambariddinova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Tadbirda xotin-qizlarga yuksak ehtirom ko‘rsatilib, ularning kelgusidagi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilandi. Ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yana bir bor e’tirof etildi.

Oxirgi o‘zgarish: 10/03/2026 09:28.   Ko‘rilganligi: 70
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqandda-bir-guruh-xotin-qizlar-davlat-mukofotlari-bilan-taqdirlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing