w w w . s a m a r k a n d . u z
Unda dastlab O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi o‘zaro do‘stona munosabatlar tobora mustahkamlanib borayotgani alohida e’tirof etildi.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi 33 yillik diplomatik munosabatlar davomida savdo, eksport-import va turizm, investitsiya sohalaridagi hamkorlik izchil rivojlanib, o‘zaro ishonch va chuqur do‘stlik tamoyillariga asoslanib kelmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi hududlararo aloqalar ham hamkorlikning muhim yo‘nalishiga aylangan.
Viloyat rahbari Samarqand viloyatining strategik joylashuvi tufayli Markaziy Osiyodagi asosiy logistika markazlaridan biri hisoblanishini, yirik avtomobil hamda temir yo‘l yo‘nalishlari orqali tovarlarni tez va samarali yetkazib berish imkoniga ega ekanligini aytdi. Shuningdek, Samarqandda turizmni rivojlantirish, madaniy meros va innovatsion loyihalar uchun keng imkoniyatlar mavjudligi xususida to‘xtalib o‘tdi.
Hududlar o‘rtasida ishga solinmagan imkoniyatlardan kelib chiqib, elektronika va elektrotexnika, Samarqandda metallurgiya sohasini yanada rivojlantirish, farmatsevtika va biofarmatsevtika, Pusanda “Samarqand savdo uyi”ni tashkil etish, KOYKAning Samarqanddagi samarali dasturlari asosida Pusandagi kema qurilishi va sanoat korxonalariga malakali ishchi kuchini muntazam yetkazish uchun har ikki shahar o‘rtasida migratsiya va mehnat resurslarini boshqarish tizimini mustahkamlash kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish takliflari berildi.
O‘z navbatida Pusan shahri meri Pak Xyong Chun hududlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarning yanada yaxshilanishidan mamnun ekanligini ta’kidlab, har tomonlama hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.