.
Har bir rivojlangan mamlakatlar qonunchiligi insonlarni faravon va tinch hayot kechirishi uchun xizmat qiladi. Mamlakatimizda ham so‘ngi yillarda xalqimizning erkin va farovon yashashi, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratilishi, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash yo‘lida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar doirasida fuqarolarga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha Qonun qabul qilindi.
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 2028 yilga qadar amal qiladi.
Qonunda 2018 yil 1 may kuniga (2018 yildagi “bir martalik aksiya”ga) qadar fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga, shuningdek fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga, “bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e’tirof etish oxiriga yetmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan ijara huquqi, ushbu yer uchastkalarida qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etilishi belgilangan.
Ijara muddati yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkalari uchun to‘qson to‘qqiz yil, boshqa yer uchastkalari uchun qirq to‘qqiz yilni tashkil etadi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli ma’lumotlarni va hujjatlarni kelishish Kadastr agentligining avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizimga
15 ta vakolatli tashkilot ham tegishli ma’lumotlarini kiritadi.
To‘plangan hujjatlarning to‘liqligi va qonuniyligi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tekshirib chiqiladi. Ularning natijalari mahalla burchaklari, Kadastr agentligining sayti orqali jamoatchilikka e’lon qilinadi.
Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi xalq deputatlari viloyat Kengashida muhokama qilinib uning qarorlari bilan e’tirof etiladi.
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarori bilan har bir mahallada jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi va ular aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib boradi va xalq deputatlari viloyat Kengashlari qarorlari loyihalarining muhokamasida ishtirok etadi.
Ushbu yer uchastkalari va unda qurilgan bino inshoatlarga mulk huquqini e’tirof etishda yer uchastkasi boshqa shaxsga ajratilmaganligi yoki auksionga chiqarilmaganligi, yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi, yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi, muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi, bosh reja talablariga zid emasligiga e’tibor qaratiladi.
Yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi 1998 yil 1 iyulga qadar egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha, 1998 yil 1 iyuldan 2018 yil 1 may kuniga qadar egallangan bo‘lsa viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda e’tirof etiladi. Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.
Huquqlarni e’tirof etganlik uchun viloyat markazlarida – BHMning 3 baravari (1,02 mln so‘m), viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda – BHMning 2 baravari (680 ming so‘m), boshqa aholi punktlarida – BHMning 1 baravari (340 ming so‘m) miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi. Hujjatda ko‘rsatilganidan ortiqcha egallangan yerlar, tijorat maqsadlari uchun ajratilgan yerlarda bir martalik to‘lov tegishli hududdagi o‘rtacha auksion bahosi miqdorida to‘lanadi.
Qonun bilan yaratilgan yana bir imtiyozlardan biri bu I va II guruh nogironlari, oldingi “aksiya” vaqtida yig‘im to‘lagan shaxslar to‘lovdan ozod qilinadi, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslarga 50 foiz chegirma beriladi.
Ushbu Qonun talablari bajarilishi bo‘yicha Prokuratura, ichki ishlar, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va kadastr organlari tomonidan davlat nazoratini o‘rnatishi qonun bilan belgilab quyilgan.
Mazkur qarorning qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi hamda ularda qurilgan uy-joy, boshqa bino va inshoot yoki ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtilishi uchun huquqiy asoslar yaratilishiga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 5
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.