Samarqand viloyatidagi ayrim aholi punktlarini nomlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 oktyabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 6, va 9-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi qoshidagi Respublika toponimika komissiyasining 2020 yil 20 maydagi va 23 iyundagi ekspertiza xulosalari hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining yig‘ilish bayonnomasini inobatga olib, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining VI chaqiriq XX sessiyasi
QAROR QILADI:
Samarqand viloyatining Nurobod, Narpay, Payariq va Pastdarg‘om tumanlaridagi nomlari o‘zgartirilayotgan aholi punktlari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev) viloyat “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati (F.Toshev), “Ovozi Samarqand” gazetasi (B.Raxmonov) mazkur qarorni o‘rnatilgan tartibda e’lon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Sanoat, transport, qurilish, aloqa, kommunal xo‘jalik hamda aholiga xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (O‘.Saidmurodov) va viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Sh.Temirov) zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi E. Turdimov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 15
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.