w w w . s a m a r k a n d . u z

Ishtixon tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida

Ishtixon tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida

.

“Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 9-moddalariga muvofiq Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining 2026-yil 27-iyuldagi yig‘ilish bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 27-avgustdagi (03/08-10403-son) ekspertiza xulosasini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq, o‘ttiz yettinchi sessiyasi

QAROR QILADI:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026-yil 27-avgustdagi (03/08-10403-son) ekspertiza xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Ishtixon tumanidagi aholi punkti nomi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi (I.Jabborov), viloyat Statistika boshqarmasi (Sh.Qudratov), Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (R.Xatamov), Ishtixon tumani hokimligi (F.Ruziyev) mazkur qaror ilovasida ko‘rsatilgan aholi punkti nomini belgilangan tartibda statistic hisobotlarda aks ettirilishini va ish yuritish hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
  4. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (T.Aripov), viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi (S.Mamatqulov), Ishtixon tumani hokimligi (F.Ruziyev) o‘zgartirilgan aholi punktiga aholini ro‘yxatga qo‘yish hamda tegishli yo‘l belgilarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
  5. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Ixtiyarov), viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” MChJ (N.Norbekov) mazkur qarorni “Zarafshon” gazetasida chop etilishini hamda Lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga o‘rnatilgan tartibda joylashtirilishini ta’minlasin.
  6. Viloyat hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Sh.Temirov) mazkur aholi punkti nomini 10 kun muddatda davlat reyestri bazasiga kiritish choralarini ko‘rsin.
  7. Samarqand viloyati hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Viloyatdagi nomlari o‘zgarmaydigan geografik obyektlar nomlarini tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida” 267-Q-son qarori bilan tasdiqlangan ilovaning 430.3-raqami o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  8. Mazkur qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
  9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (Sh.Djurakulov) zimmasiga yuklatilsin.

 

Kengash raisi

 

NEGMATOV

SHUHRAT

XUDOYBERDIYEVICH

 

Samarqand  shahri, 2026-yil 21-sentabr  VII-37-172-7-0-K/26


Oxirgi o‘zgarish: 20/10/2026 17:10.   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: https://samarkand.uz/local_council/council_documents/ishtixon-tumanidagi-aholi-punkti-nomini-ozgartirish-togrisida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing