

.
Har bir rivojlangan mamlakat o‘zining davlat ramzlariga, Konstitutsiyasiga ega bo‘ladi. Konstitutsiyasi asosida qonun hujjatlari qabul qilinadi. Konstitutsiya so‘zi lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk”, degan ma’noni anglatib, davlatning asosiy qonuni sifatida qaraladi. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.
Mamlakatimiz ham rivojlangan ilg‘or davlatlar qatoridan o‘rin olgan bo‘lib, o‘zining davlat ramzlariga va Konstitutsiyasiga ega. O‘zbekiston Respublikasining ilk qomusi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. 2023-yil 30-aprel kuni yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Referendumda umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Yangi Konstitutsiyada inson huquqlariga oid normalarning uch baravardan ortiq oshirilganligi hamda insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadi sifatida belgilanishi inson manfaatlarini oliy darajada kafolatlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy davlat prinsiplariga oid normalarni kuchaytiruvchi, xususan, sifatli ta’lim va tibbiy xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash, munosib mehnat sharoiti va adolatli ish haqi tizimini yaratish, ishsizlikdan himoyalanish, uy-joyga ega bo‘lishga qaratilgan qoidalar bilan yanada takomillashtirilishi bilan bog‘liqdir.
Konstitutsiyada davlat va uning organlari tizimi, inson, fuqaro va jamiyatning huquq va majburiyatlari aniq va lo‘nda qilib, hamma uchun tushunarli tarzda bayon etilganligi O‘zbekistonning yanada barqaror bo‘lishiga va har qanday tahdidlarga qarshi tura olish qobiliyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Konstitutsiyaga kiritilgan normalar asosan inson qadri va huquqlarining ta’minlanishiga qaratilgaligi bilan ahamiyatlidir.
Birgina misol o‘rnida Konstitutsiyaning 27-moddasida har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emasligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyamizga kiritilgan bu kabi inson huquq va erkinliklariga oid normalar mamlakatimizda inson hayoti hamma narsadan ustun ekanligini anglatadi.
Bundan tashqari, Konstitutsiyada hokimiyatlarning bo‘linishi prinsipi hamda o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimining zamonaviy konsepsiyasi hisobga olingan holda Oliy Majlis, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat o‘rtasida vakolatlar qayta taqsimlandi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida olib borilgan tub demokratik islohotlar doirasida millatimiz, tilimiz va dinimizdan qat’i nazar yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning, butun xalqimizning farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan “Yangi O‘zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasini amalga oshirish ezgu maqsad sifatida belgilandi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining qabul qilinishi esa ushbu islohotlarni sifatli ta’minlashga zamin yaratdi.
Konstitutsiyamizda Yevropa, Osiyo, Sharq va Amerika davlatlarining ijobiy konstitutsiyaviy tajribasi o‘z aksini topgan. Konstitutsiyamizda “Inson sha’ni va qadr-qimmati uchun” tamoyili asosida xalq farovonligini yanada yuksaltirish, inson, fuqarolik jamiyati va davlatni jadal rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.