w w w . s a m a r k a n d . u z

Issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan Samarqand shahri va Nurobod tumanidagi yuridik tashkilotlarga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida

Issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan Samarqand shahri va Nurobod tumanidagi yuridik tashkilotlarga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida

.

“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2023-yil 15-sentabrdagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 475-sonli qaroriga asosan issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar samaradorligini oshirish hamda korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida

Q A R O R   Q I L A M A N :

  1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2024-yil 24-fevraldagi VI-96-16-7-0-K/24-sonli qarori bilan issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan Samarqand shahri va Nurobod tumanidagi yuridik tashkilotlarga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdori ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Samarqand shahri va Nurobod tumanida issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan yuridik tashkilotlarga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi (B.Negmatov), “Issiqlik manbayi” DUK (N.Gazibekov), Samarqand shahri hokimi (F.Umarov), Nurobod tumani hokimi (S.Berdiqulov):

tuziladigan shartnomalarga muvofiq xizmatlar ko‘rsatilishini, shuningdek, iste’molchilarga issiqlik energiyasi va issiq suv uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash;

issiqlik ta’minoti tizimi obyektlarining holati, foydalanilishi va ularni ta’mirlanishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatilishini;

ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etilishini ta’minlasinlar.

  1. Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev), viloyat G‘aznachilik boshqarmasi (O.Xamdamov) bilan birgalikda:

byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning xarajatlar smetasida issiqlik energiyasi va issiq suv xarajatlari bo‘yicha belgilangan asosda zarur mablag‘lar rejalashtirilishini;

“Issiqlik manbayi” davlat unitar korxonasi va uning filiallari bilan byudjet tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan tegishli shartnoma shartlariga ko‘ra mablag‘larni o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasinlar.

  1. Viloyat hokimligi axborot xizmati – matbuot kotibi (M.Mirzayev), “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi (N.Norbekov) ushbu qarorni Lex.uz O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilinishini va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
  2. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov zimmasiga yuklatilsin.
  3. Ushbu qaror e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.

Viloyat hokimi                                                            E.Turdimov

Samarqand  shahri, 2024-yil 16-aprel  84-7-0-Q/24

Qarorni yuklab olish (PDF 199 KB)


Oxirgi o‘zgarish: 17/04/2024 13:03.   Ko‘rilganligi: 27
 
Material manzili: https://samarkand.uz/issiqlik-bilan-taminlovchi-korxonalar-tomonidan-samarqand-shahri-va-nurobod-tumanidagi-yuridik-tashkilotlarga-korsatiladigan-issiqlik-taminoti-xizmatlari-uchun-tartibga-solinadigan-narxlar-tariflar-miqdorini-tasdiqlash-togrisida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.