w w w . s a m a r k a n d . u z
Issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan Samarqand shahri va Nurobod tumanidagi aholiga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdorini ma’qullash to‘g‘risida
Issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan Samarqand shahri va Nurobod tumanidagi aholiga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdorini ma’qullash to‘g‘risida
.
“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 475-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-yanvardagi 03/1-3480-sonli topshirig‘i, viloyat hokimi o‘rinbosari (A.Shukurov)ning 2024-yil 4-iyundagi (615/01-30-sonli) bildirgisi, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi “Issiqlik manbayi” DUKning 2024-yil 25-apreldagi (236-sonli) murojaati, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil 29-apreldagi (01/05-38/887-sonli) va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasining 2024-yil 30-maydagi (N-8 1928-03/04-sonli) xulosalariga asoslanib, Samarqand shahri va Nurobod tumani hududidagi issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar samaradorligini oshirish hamda korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, ________sessiyasi
QAROR QILADI :
- Samarqand shahri va Nurobod tumanida issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdori ilovaga muvofiq ma’qullansin.
- Viloyat hokimining o‘rinbosari (A.Shukurov) Samarqand shahri va Nurobod tumanida issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida viloyat hokimining qaror loyihasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqsin.
- Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi (B.Negmatov) “Issiqlik manbayi” DUK (N.Gazibekov), Samarqand shahar hokimligi (F.Umarov), Nurobod tuman hokimligi (S.Berdiqulov) bilan birgalikda aholini uzluksiz issiqlik ta’minoti bilan ta’minlanishi bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rsin.
- Viloyat hokimligi axborot xizmati – matbuot kotibi (M.Mirzayev),
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” MChJ (N.Norbekov) ushbu qarorni Lex.uz O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilinishini va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
- Viloyat televideniyesi (M.Ixtiyorov), “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalari birlashgan tahririyati (F.Toshev)ga qaror ijrosi bo‘yicha hududlarda amalga oshirilgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
- Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (O‘.Saidmurodov) hamda viloyat hokimi o‘rinbosarlari (F.Abilov, A.Shukurov) zimmalariga yuklansin.
Kengash raisi E.Turdimov
Samarqand shahri, 2024-yil 1-iyul VI-100-58-7-0-К/24
Qarorni yuklab olish (PDF 354 KB)
Kiritilgan vaqti: 10/07/2024 14:04.
Ko‘rilganligi: 122
Material manzili: https://samarkand.uz/issiqlik-bilan-taminlovchi-korxonalar-tomonidan-samarqand-shahri-va-nurobod-tumanidagi-aholiga-korsatiladigan-issiqlik-taminoti-xizmatlari-uchun-tartibga-solinadigan-narxlar-tariflar-miqdorini-maqullash-togrisida