w w w . s a m a r k a n d . u z
.
O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4- va 9-moddalariga muvofiq Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining 2025-yil 15-iyuldagi yig‘ilish bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 31-iyuldagi (03/08-8397-son) ekspertiza xulosasini inobatga olib, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, o‘n yettinchi sessiyasi
QAROR QILADI:
- Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining 2025-yil 15-iyuldagi yig‘ilish bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 31-iyuldagi (03/08-8397-son) ekspertiza xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- Ishtixon tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklif ilovaga muvofiq ma’qullansin.
- O‘zbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi (I.Jabborov), viloyat Statistika boshqarmasi (Sh.Abdiyev), Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (R.Xatamov), Ishtixon tumani hokimligi (F.Ruziyev) mazkur qaror ilovasida ko‘rsatilgan aholi punkti nomini belgilangan tartibda statistik hisobotlarda aks ettirilishini va ish yuritish hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
- Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (T.Aripov), viloyat Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi (S.Mamatqulov), Ishtixon tumani hokimligi (F.Ruziyev) o‘zgartirilgan aholi punktiga aholini ro‘yxatga qo‘yish hamda tegishli yo‘l belgilarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
- Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Ixtiyarov), viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” MCHJ (N.Norbekov) mazkur qarorni “Zarafshon” gazetasida chop etilishini hamda Lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga o‘rnatilgan tartibda joylashtirilishini ta’minlasin.
- Viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Sh.Temirov) mazkur aholi punkti nomini 10 kun muddatda davlat reyestri bazasiga kiritish choralarini ko‘rsin.
- Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya (Sh.Djurakulov) hamda viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Sh.Temirov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi Sh.Negmatov
Samarqand shahri, 2025-yil 22-sentabr VII-17-131-7-0-K/25
Qarorni yuklab olish (PDF 70 KB)