.
“Chiqindilar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4845-son, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 95-son qarorlariga asosan hududlardan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini takomillashtirish, hududlarning ekologik va sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida,
Q A R O R Q I L A M A N:
bir oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatini ro‘yxat bo‘yicha abonentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etilishini;
aholi punktlari hududidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmati bo‘yicha marshrutlar jadvallarini qayta ko‘rib chiqib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishini va ushbu jadvallar asosida chiqindilar tashilishini amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning xarajatlar smetasida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni tashib chiqarish xarajatlari bo‘yicha belgilangan normativlar asosida zarur mablag‘lar rejalashtirilishini;
viloyat “Toza hudud” davlat unitar korxonasi, “Maroqand obod” davlat unitar korxonasi va sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlari bilan byudjet tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan tegishli shartnoma shartlariga ko‘ra mablag‘larni o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasinlar.
Viloyat hokimi E.Turdimov
Samarqand shahri, 2024-yil 7-iyun 150-7-0-Q/24
Qarorni yuklab olish (PDF 580 KB)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.