.
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentyabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4845-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 95-sonli qarorlari, viloyat hokimi o‘rinbosari (A.Shukurov)ning 2023-yil 20-avgustdagi (586/01-30-sonli) bildirgisi, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining 2023-yil 28-iyuldagi (01-2595-sonli) murojaati, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 3-avgustdagi (02/05-38/1276-sonli) xulosasiga asoslanib, viloyatning shahar va tumanlari hududidagi maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini takomillashtirish, hududlarning ekologik va sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, to‘qsoninchi sessiyasi
QAROR QILADI :
1. Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdori ilovaga asosan ma’qullansin.
2. Viloyat hokimining o‘rinbosari (A.Shukurov) shahar va tumanlarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida viloyat hokimining qaror loyihasini belgilangan tartibda ishlab chiqsin.
3. Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi (H.Oqbo‘tayev), viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (S.Zayniyev), viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi (M.Nasretdinova) shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda aholining keng qatlamlari orasida fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etsin.
4. Xalq deputatlari viloyat kengashining 2021-yil 4-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lov, shuningdek, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov tariflarini belgilash to‘g‘risida”gi VI-46-85-7-0-K/21-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Viloyat televideniyesi (M.Ixtiyorov), “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalari birlashgan tahririyati (F.Toshev) qaror ijrosi bo‘yicha hududlarda amalga oshirilgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (O‘.Saidmurodov) hamda viloyat hokimi o‘rinbosarlari (F.Abilov, A.Shukurov) zimmalariga yuklansin.
Samarqand shahri, 2023-yil 22-sentabr VI-90-88-7-0-K/23
Qarorni yuklab olish (PDF 252 KB)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 6
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.