w w w . s a m a r k a n d . u z
Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yiladigan yеr maydonlariga ijara huquqining minimal qiymatini tasdiqlash to‘g‘risida
Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yiladigan yеr maydonlariga ijara huquqining minimal qiymatini tasdiqlash to‘g‘risida
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yеrga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 6243-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yеr maydonlarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 71-son qaroriga muvofiq 2024-yil 26-apreldagi xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, to‘qson sakkizinchi sessiyasining VI-98-32-7-0-K/24-son qarorini inobatga olib, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirsih uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yеr maydonlarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning minimal qiymatini belgilash maqsadida
Q A R O R Q I L A M A N:
- Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (F.Abilov), viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev), viloyat Soliq boshqarmasi (E.Tolliev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi (A.Egamov), Davlat kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi (M.Quvandiqov)ningSamarqand viloyatining shahar va tumanlarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijara huquqi bilan elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalarining minimal qiymatini belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
- Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga muvofiq bir kvadrat metr yеr maydonini ijaraga berishning minimal qiymati har bir tuman (shahar) uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan tasdiqlanishi belgilab qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Bunda:
yеr maydonining maydoni (kv.m);
bir kvadrat metr yеr maydoni uchun ijaraga berishning minimal qiymati, so‘m/kv.m;
yer maydonini ijaraga berish muddati, yil;
yer maydonini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati, еr maydoniga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid xarajatlar (so‘m) kabi mezonlar inobatga olinsin.
- Davlat kadastrlar palatasining viloyat boshqarmasi (M.Kuvodikov) yеr maydoniga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanishini nazarda tutsin.
- Shahar va tumanlarda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan bir kvadrat metr yеr maydonini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning minimal qiymati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Viloyat Soliq boshqarmasi (E.Tolliyev) mazkur qaror rasman kuchga kirgandan e’tiboran “YERELEKTRON” AATda yer maydonlariga ijara huquqining minimal qiymati belgilangan tartibda qo‘llanilishini ta’minlasin.
- Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi (B.Negmatov), shahar va tuman hokimliklari yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun еr maydonlarini ijaraga berish maqsadida auksion savdolariga o‘rnatilgan tartibda chiqarilishini ta’minlasin.
- Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi (F.Xudoyqulov), viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi (B.Negmatov)ga tasarruf etilgan yеr maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoring olib borish vazifalari yuklansin.
- Viloyat Soliq boshqarmasi (E.Tolliyev), viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev), Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi (F.Xudoyqulov) mahalliy byudjetga pul tushumlarini o‘z vaqtida to‘liq tushurilishini ta’minlasin.
- Viloyat hokimligi axborot xizmati – matbuot kotibi (M.Mirzayev), “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi (N.Norbekov) ushbu qarorni Lex.uz O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini ta’minlasin.
- Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosarlari F.Abilov va A.Shukurov zimmasiga yuklatilsin.
- Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.
Viloyat hokimi E.Turdimov
Samarqand shahri, 2024-yil 29-aprel 102-7-0-Q/24
Qarorni yuklab olish (PDF 120 KB)
Oxirgi o‘zgarish: 15/05/2024 18:05.
Ko‘rilganligi: 181
Material manzili: https://samarkand.uz/hhhrrru