w w w . s a m a r k a n d . u z

Ekologiya boshqarmasi yaqinida ko‘p yillik daraxtlar qo‘porib tashlangani yuzasidan shahar hokimligi munosabat bildirdi

Ekologiya boshqarmasi yaqinida ko‘p yillik daraxtlar qo‘porib tashlangani yuzasidan shahar hokimligi munosabat bildirdi

Avvalroq viloyat ekologiya boshqarmasi yaqinida ko‘p yillik manzarali daraxtlar qo‘porib olingani haqda xabarlar tarqaldi.

Bu ishni mas’ullar Gagarin va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishmasida tunnel qurilishi sababli kommunikatsiyalarni ko‘chirish maqsadida amalga oshirilganini ma’lum qilgan.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, mas’ullar tomonidan muammo to‘liq o‘rganilgan va hududda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar davomida qarag‘ay daraxti tomiri bilan yiqilgani ma’lum bo‘lgan va daraxt «Siyobcha» kanali hududiga ekilgan.
Shuningdek, ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan "Me’mor O‘tkir Chovka" MChJdan daraxtni saqlanib qolish holati bo‘yicha kafolat xati olingan va unga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy ish boshlangan.


Kiritilgan vaqti: 17/07/2025 08:52.   Ko‘rilganligi: 4
 
Material manzili: https://samarkand.uz/ekologiya-boshqarmasi-yaqinida-kop-yillik-daraxtlar-qoporib-tashlangani-yuzasidan-shahar-hokimligi-munosabat-bildirdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing