w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan samarali foydalanish to‘g‘risida

Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan samarali foydalanish to‘g‘risida

.

Viloyat hokimining o‘rinbosari J.Uraqovning 2022 yil 30 noyabrdagi (1002/01-30-sonli) bildirisi, shahar va tuman hokimliklari, viloyat boshqarmalarining murojaatlari, viloyat Moliya bosh boshqarmasining tegishli  xulosalarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 126-moddasiga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, ___________________ sessiyasi

QAROR  QILADI:

  1. 2022 yil davomida viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablag‘larning iqtisod qilinadigan qismi 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.
  2. 2022 yil davomida viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablag‘larning iqtisod bo‘lgan qismi hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar uchun 9765,9 (to‘qqiz milliard yetti yuz oltmish besh million bir yuz) mln so‘m mablag‘lar 2-ilovaga asosan yo‘naltirilsin.
  3. Viloyat hokimligi (N.Saidov), tegishli boshqarma va tashkilotlar ajratilgan mablag‘lardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli foydalanilishini, xususan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga qat’iy amal qilinishini ta’minlasin.
  4. Viloyat Moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev), G‘aznachilik boshqarmasi (O.Hamdamov), Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi (M.Xo‘jaqulov) ajratilgan mablag‘lardan qonun hujjatlari talablariga muvofiq maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilsin.
  5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (F.Nasrullayev)  va viloyat hokimining o‘rinbosari (R.Qobilov) zimmalariga yuklansin.

 

Kengash raisi                                                    E.Turdimov

Qaror loyihasini muhokama qilish va fikr-mulohazalaringizni bayon etish uchun ushbu havolani bosing.


Oxirgi o‘zgarish: 30/11/2022 18:04.   Ko‘rilganligi: 545
 
Material manzili: https://samarkand.uz/documents/draft_documents/viloyat-mahalliy-byudjetining-qoshimcha-manbalaridan-samarali-foydalanish-togrisida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.