w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida

Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida

.

Viloyatdagi boshqarma va tashkilotlarning murojaatlari, viloyat Moliya bosh boshqarmasining xulosalarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 126-moddasiga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, ______________ sessiyasi

QAROR  QILADI:

  1. Viloyat mahalliy byudjetining  2022 yil  II chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi mablag‘lari hisobidan ilovaga muvofiq tadbirlarni amalga oshirish uchun 2015,8 (ikki milliard o‘n besh million sakkiz yuz ming) mln.so‘m ajratilsin.
  2. Viloyat hokimligi Ishlar boshqarmasi (N.Saidov), Samarqand shahar hokimi (F.Umarov), Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi (X.To‘xtayev) ajratilgan mablag‘lardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli foydalanilishini, xususan, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga qat’iy amal qilinishini ta’minlasin.
  3. Viloyat Moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev), viloyat G‘aznachilik boshqarmasi (O.Hamdamov), viloyat Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi (A.Hatamov) ajratilgan mablag‘lardan qonun hujjatlari talablariga muvofiq maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilsin.
  4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (F.Nasrullayev) va viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (J.Urakov) zimmalariga yuklansin.

 

Kengash raisi                                                    E.Turdimov

Qaror loyihasini muhokama qilish va fikr-mulohazalaringizni bayon etish uchun ushbu havolani bosing.


Kiritilgan vaqti: 29/11/2022 10:58.   Ko‘rilganligi: 492
 
Material manzili: https://samarkand.uz/documents/draft_documents/viloyat-mahalliy-byudjetining-qoshimcha-manbalaridan-foydalanish-togrisida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.